Pioli A Seriyada may oyining eng yaxshi murabbiyi bo'ldi
20 may 2022 08:37
Yangiliklar


Pioli A Seriyada may oyining eng yaxshi murabbiyi bo'ldi
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli A Seriyada may oyining eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi.
Oy murabbiyi 35, 36 va 37-turdagi natijalardan kelib chiqib aniqlandi. Ushbu vaqt oralig'ida "Milan" uchta o'yinda g'alaba qozondi. To'plar nisbati esa 6:1.
56 yoshli murabbiy mukofotni "Sassuolo"ga qarshi bo'ladigan so'nggi tur o'yini oldidan qabul qilib oladi. O'sha bahsda milanliklar chempionlikni qo'lga kiritishlari mumkin.
Pioli ushbu mavsumda uchinchi marta A Seriyada oy murabbiyi sifatida etirof etildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar