Pikford "Everton" bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi
24 fev 2023 18:32
Yangiliklar
Pikford "Everton" bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi
Darvozabon Jordan Pikford "Everton" bilan uzoq muddatli shartnomaga imzo chekdi.
Angliya termasi kiperining yangi shartnomasi 2027 yil iyunigacha amal qiladi.
"Men uchun alohida o'rin tutadigan klub bilan shartnoma imzolash – juda muhim edi. "Everton"ga 22 yoshimda kelganman va bu erda meni doim qo'llab-quvvatlashgan. Bu men va oilam uchun juda muhim. Biz bu erda baxtlimiz.
"Everton" – bu katta klub. Oxirgi mavsumlar biz xohlaganchalik muvaffaqiyatli o'tmadi, ammo endi, ishonamanki, bizda jamoani yuqori pog'onalarga qaytishimizga yordam bera oladigan murabbiy bor. "Everton"da muvaffaqiyat qozonish – mening maqsadim. Muxlislar, murabbiylar va jamoa azolari menga ilk kunlardan iliq munosabatda bo'lishgan. Ular uchun ham ishonchli o'yin ko'rsatishga harakat qilaman", – deydi Pikford.
Fikrlar