Pikford Angliya terma jamoasining yaqin o'yinlarini o'tkazib yuboradi
17 mar 2021 12:08
Yangiliklar


Pikford Angliya terma jamoasining yaqin o'yinlarini o'tkazib yuboradi
"Everton" darvozaboni Jordan Pikford Angliya Kubogi doirasidagi "Manchester Siti", shuningdek JCH-2022 saralashi doirasidagi yaqin o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
Bunga darvozabonning qornidagi jarohati sababdir.
27 yoshli darvozabon joriy mavsum klub safida 25ta o'yinda maydonga tushib, 32ta to'p o'tkazib yubordi. Pikford terma jamoada 4 yil oldin debyut qilgan va 26 bor maydonga tushgan.
Angliyaliklar 25 martda San-Marino, 28 martda esa Albaniyaga qarshi o'ynashadi, 3 kunda so'ng esa polyaklarga qarshi o'yin ko'zda tutilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar