Pike: "Agar "Barselona" men bilan shartnomani uzaytirmaganida, 28 yoshda faoliyatimni yakunlagan bo'lardim"
11 noy 2022 10:13
Yangiliklar


Pike: "Agar "Barselona" men bilan shartnomani uzaytirmaganida, 28 yoshda faoliyatimni yakunlagan bo'lardim"
"Barselona" sobiq futbolchisi Jerar Pikening aytishicha, agar "ko'k-anorranglilar" u bilan kelishuvni uzaytirishdan bosh tortishganida, faoliyati 28 yoshda tugagan bo'lardi.
35 yoshli himoyachi futbolchilikdagi so'nggi o'yinini Primera 13-turida "Almeriya"ga qarshi o'tkazdi (2:0).
"Faoliyatni yakunlash? Men har doim agentimga "Barselona"ni tark etmasligimni aytardim. Agar rahbariyat men bilan shartnomani uzaytirmasligini aytganida, 28-29 yoshda faoliyatimni yakunlagan bo'lardim. Menda boshqa motivaciya yo'q edi", – dedi Pike.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar