So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  5 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  10 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  14

PFLdan inqilobiy yurish: Transferlar oynasiga cheklov qo'yildi Yangiliklar

PFLdan inqilobiy yurish: Transferlar oynasiga cheklov qo'yildi

Championat.asia tahririyatiga saytimiz manbalaridan yangi malumot kelib tushdi.

Malum bo'lishicha, kecha (8 sentyabr kuni) O'zbekiston Professional futbol ligasi Superliga jamoalariga xat yuborib, 2022 yilgi mavsumda musobaqalarni o'tkazish reglamenti o'zgarishi haqida ogohlantirgan.

Gap reglamentning 10.5-bandi haqida boryapti: "Musobaqa ishtirokchilari yozgi transfer oynasida 10 nafardan ortiq bo'lmagan futbolchilarni qo'shimcha ariza bilan qayta ro'yxatdan o'tkazishi mumkin".

Ushbu band 2022 yil uchun quyidagi bayonda o'zgaradi: "Superliga futbol klubi (Superligaga yangi qo'shilayotgan klub bundan mustasno) qishki transfer oynasida 10 nafar, yozgi transfer oynasida 5 nafardan ortiq bo'lmagan yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. Superligaga yangi qo'shilayotgan klub qishki transfer oynasida 15 nafar va yozgi transfer oynasida 5 nafardan ortiq bo'lmagan yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. Bunda klub tomonidan ijaraga olinayotgan futbolchi ham yangi futbolchi sifatida qayd etiladi (o'tgan mavsum yakunida shu klub safida ijara asosida to'p surgan futbolchi bundan mustasno)".

Malumot uchun, futbol klublari uchun qishki transfer oynasi shu yilning 6 dekabr kuni ochilib, 26 fevralga qadar davom etadi. Demak, ushbu muddat davomida Superliga ishtirokchisi bo'lgan klublar 10 nafar yangi o'yinchini o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Pro ligada yuqori divizion yo'llanmasini qo'lga kiritadigan jamoalar ("Neftchi", "Buxoro", "Dinamo" va "Olimpik"da imkoniyat bor) esa 15 nafar yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazishlari mumkin.

Masalaning yana bir jihati bor. O'zPFL 2021 yil davomida ro'yxatdan o'tkazilgan futbolchilarning amaldagi klubi bilan shartnomasi qancha muddatga mo'ljallangani to'g'risida to'liq axborot taqdim etib kelyapti. "Futbolchilarning maqomi va transferi bo'yicha reglament"ning 18.4-bandida shunday yozilgan:

"Professional futbolchi bilan shartnoma tuzmoqchi bo'lgan klub ushbu professional futbolchi bilan muzokaralarga kirishishdan oldin uning joriy klubini yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Professional futbolchi joriy klubi bilan shartnomaining amal qilish muddati tugagan yoki 6 oy mobaynida tugaydigan sharoitdagina yangi shartnoma tuzishi mumkin. Ushbu qoidaning har qanday buzilishi tegishli sankciyalar qo'llanishiga olib kelishi mumkin".

Demak, futbol klublari endi kelasi mavsum uchun hozirdan qayg'urishlari kerak. Yani, klub o'ziga kerakli va ayni paytda o'z jamoasi bilan hamkorlik bitimi 6 oydan kam qolgan o'yinchilar bilan yangi shartnomalarni 6 dekabrga qadar istalgan miqdorda imzolashi mumkin. Ushbu sanadan keyin ro'yxatdan o'tkazilgan har qanday yangi transfer shartnomasi taqdim etilgan 10 talik cheklov uchun hisobga olinadi. Transfer oynasi yakuniga qadar (2022 yilning 26 fevrali) 10 ta tuzilgan yangi shartnoma jamoani shakllantirishga kamliq qilsa, klublar faqat o'z qoshlarida tashkil etilgan U-18 jamoasi azolari hisobiga ro'yxatni to'ldirishlari mumkin.

Tushunarliroq bo'lishi uchun misol keltiramiz. Masalan, "Navbahor" va "Bunyodkor"ni olaylik. Deylik, Namangan klubiga "qaldirg'ochlar" safidan bir nechta futbolchi kerak. SHunda "Navbahor" poytaxt klubini yozma ravishda xabardor qilgani holda "Bunyodkor" bilan shartnomasi 6 oydan kam qolgan 15 yoki 25 nafar o'yinchi bilan bitim tuzishi mumkin (transfer oynasi ochilguniga qadar). Lekin 6 dekabrdan keyin faqat 10 ta yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin bo'ladi.

O'zPFL bu qaror orqali o'zbek futbolidagi qisqa muddatli shartnomalarga qarshi kurashishni maqsad qilgani ko'rinib turibdi. Bunga izoh so'rash maqsadida tashkilot vakili bilan bog'lanib, malumot oldik: "O'zPFL bu bilan jamoalarga taqiq qo'ymoqchi emas, aksincha vaziyatni tartibga solishga harakat qilyapti. 10.5-banddagi o'zgarish birinchi navbatda jurnalistlar doim aytib kelgan ko'p yillik shartnomalarga sabab bo'ladi. Ikkinchidan, klublarni faolroq bo'lishga, kelajak uchun hozirdan harakat qilishga majbur qiladi. Uchinchidan, "ko'chmanchilik" sal bo'lsa-da kamayadi. Superliga jamoalari transfer oynasi ochilguniga qadar istaganini qilishi mumkin, lekin 6 dekabrdan keyin faqat 10 ta imkoniyat beriladi yoki tarkib U-18 jamoasi azolari orqali to'ldiriladi".

Eshitdik-da! O'zPFL Superliga jamoalarini ogohlantirdi

Muallif :
Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика