

"2021 yilgi mavsumda O'zPFL tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti"ning 8.13 bandida Superliga klublari mazkur turdagi moslamalardan foydalanishi va bu boradagi hisobotni O'FA texnik boshqarmasining ilmiy-uslubiy taqdim etishi shartligi belgilangan.
Shunga qaramay, ayrim jamoalar mazkur moslamalardan rasmiy o'yinlar vaqtida foydalanilmayotgani aniqlangan.
Championat.asia'ga ma'lum bo'lishicha, O'zPFL Superliganing barcha klublaridan 17-tur o'yinlaridan boshlab qaydnomaga kiritilgan barcha futbolchilar maxsus moslamalar bilan harakatlanishi va klublardagi tahlilchilar tegishli hisobotni o'z vaqtida O'FAga topshirishini so'ragan. Aks holda, reglamentning 8.13 bandiga amal qilmagan jamoalar va ularning mas'ul rahbarlariga nisbatan tegishli tartibda sankciyalar qo'llanilishi mumkin.



