PFL "Surxon" - "Paxtakor" uchrashuvida urilgan ikkinchi golni avtogol deb topdi. To'purar CHeranning gollari bittaga kamaydi
23 dek 2020 17:07
Yangiliklar


PFL "Surxon" - "Paxtakor" uchrashuvida urilgan ikkinchi golni avtogol deb topdi. To'purar CHeranning gollari bittaga kamaydi
Coca Cola Superligasi 20-turidan o'rin olgan “Surxon” – “Paxtakor” uchrashuvida (0:6) toshkentliklar tomonidan kiritilgan va Dragan CHeran hisobiga yozilgan ikkinchi gol O'FA hakamlar va inspektorlar bo'limi tomonidan o'rganib chiqildi va avtogol deb topildi.
O'yin qaydnomasi va hakam raportiga ham o'zgartirish kiritildi.
Coca Cola Superliga, 20-tur
24 oktyabr, shanba
SURXON – PAXTAKOR 0:6
Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, SHuxrat Rajabov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: SHohruh Said
Gollar: Eren Derdiyok, 41 (0:1), Asror G'ofurov, 43 avtogol (0:2), Akromjon Komilov, 45+1 (0:3), Igor Sergeev, 53 (0:4), Jaloliddin Masharipov, 60 (0:5), Javohir Sidiqov, 79 (0:6)
P.S. Afsuski xorij saytlari bu o'zgarish haqida bilishmaydi va baribir CHeranda 21ta gol turaveradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar