So’nggi yangiliklar

02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  17 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  0 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  2 00:02Иван Бошкович: "Биринчи даврада футболчиларим ўз даражасини намойиш қилди, бироқ бизга омад етишмади"  0 23:43Баҳром Ҳайдаров: "Рақиб жарима майдончаси атрофига борганда футбочлиларимизга совуққонлик ва маҳорат етишмаяпти"  4 23:21Февзи Давлетов: "ОКМК билан баҳсда кўп куч ва эмоция йўқотдик, бу ўйинга кучли руҳлана олмадик"  0 22:57Улуғбек Бакаев: "Бундай иссиқ об-ҳавода дуранг биз учун қониқарли бўлди"  3 22:42"Бешиктош" Иммобиле билан шартномани бекор қилди  3 21:58Суперлига. "Қўқон-1912"нинг ғалабасиз серияси давом этади, бу сафар жамоа Жиззахда "Сўғдиёна"га енгилди  8 21:55Суперлига. "Сурхон" - "Бухоро" учрашувида ғолиб аниқланмади  9 21:15Филиппе Коутиньо расман "Васко да Гама" футболчисига айланди  2 20:58"Манчестер Юнайтед"да янги тўлқин: беш футболчи клубни тарк этиш ниятида — Романо  5 19:49Аарон Рэмзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  0

PFL rasmiy kanalidan "qovun"! Yangiliklar

PFL rasmiy kanalidan "qovun"!

Teglar :  PFL
PFLning telegramdagi rasmiy kanali Superliga doirasidagi "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" uchrashuvining boshlang'ich tarkiblarini elon qildi.

Gap shundaki, PFL rasmiy kanali jamoalar tarkiblarini rasmli ko'rinishda taktik sxemalar bilan chizib bergan.

Tarkibdagi futbolchilarni joylashtirish esa shunchaki "dahshat"! 

PFL rasmiy kanalining taxmin qilishicha, ushbu bahsda har ikkala jamoa bosh murabbiylari 4-4-2 taktik sxemasini tanlashgan.

"Qo'qon-1912"ga yaqindagina kelib qo'shilgan va faoliyatini doim hujumkor vinger, yani qanot yarim himoyachisi sifatida o'tkazgan Behruz Sadilloev o'ng qanot himoyaga joylashtirilgan. Markaziy yarim himoyachi sanalgan Bahodir Akramov markaziy himoyada, tayanch yarim himoyada yoki kerak paytda markaziy himoyada o'ynaydigan Darko Gojkovich esa o'ng qanot yarim himoyada joylashtirilgan. Markaziy himoyachi sanalgan Marko Milich esa o'ng qanot yarim himoyada qo'yilgan. "Qo'qon-1912"da o'ng qanot himoyachisi sifatida o'ynaydigan Murod Xolmuhammedov markazga qo'yilgan. Xullas taktik joylashuv "ekip" qo'yilgan. 

Tarkibdan kelib chiqsak, "Qo'qon-1912" jamoasi ushbu bahsda 4-5-1 yoki 4-2-3-1da taktik sxemada o'ynaydi. 

Darvozabon: O'tkir Yusupov.

Markaziy himoyachilar: Marko Milich, Darko Gojkovich.

Qanot himoyachilari: Aleksandr Merzlyakov (chap), Murod Xolmuhammedov (o'ng).

Markaziy yarim himoyachilar: Quvondiq Ro'ziev, Bahodir Akramov, Javohir Sidiqov.

Qanot vingerlari: Behruz Sadilloev, Suhrob Berdiev.

Hujumchi: Jasur Hakimov.


"Lokomotiv" esa 4-2-3-1 taktik sxemada o'ynaydi.

Darvozabon: Ignatiy Nesterov.

Markaziy himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev, Yelich.

Qanot himoyachilari: SHuhrat Muhammadiev (o'ng), Oleg Zoteev (chap).

Tayanch yarim himoyachilar: Sadriddin Abdullaev, Kaxi Maxaradze.

Qanot vingerlari: Husniddin G'ofurov, Sardor Mirzaev.

Hujumchi ortida: Sanjar SHoahmedov.

Hujumchi: Marat Bikmaev.


Klublardan professionallikni talab qilayotgan PFL matbuot xizmati avvalo o'z ishiga professional yondoshsa va klublarga o'rnak bo'lsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Klublarimiz matbuot xizmatlari ham tarkibni muxlislarga havola etayoganda aynan shu jihatlarni inobatga olishlari lozim. Yoki tarkibni taktik sxema bilan berayotganda jamoa bosh murabbiylaridan so'rab, o'rganib chiqarishsa uyatga qolishmaydi. Zero bunday qo'pol xatolar PFL yoki klub matbuot xizmatlari tomonidan sodir etilishi yarashmaydi. Har holda ko'pchilik sharhlovchilar ham aynan rasmiy xabarga yoki klub yoki PFL tomonidan berilayotgan taktik chizmalarga ishonib qolib, sharh davomida ko'plab xatolarga yo'l qo'yishlari mumkin.

Reyting: -71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика