“Mashal” 2 nafar legionerini tanishtirdi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2026, 13:09
Muborakning “Mashal” futbol klubi yozgi transferlar davrida tarkibini 2 futbolchi bilan kuchaytirdi.

Jamoa serbiyalik markaziy himoyachi Straxinya Boshnyak bilan 2026 yil mavsumi yakuniga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.

27 yoshli futbolchi 1999 yil 18 fevralda Serbiyaning Kralevo shahrida tug'ilgan. U 1,84 metr bo'yga ega bo'lib, chap oyoqda o'ynaydi. Asosiy poziciyasi - markaziy himoyachi. Straxinya Serbiya va Bosniya va Gertsegovina fuqaroligiga ega.

2.jpg

Boshnyak futbolchilik faoliyatini OFK “Belgrad” akademiyasida boshlagan, keyinchalik Serbiyaning mashhur Partizan akademiyasida tahsil olgan. Katta futbolda esa “Partizan”, “Vojdovac”, “Jarkovo”, “Radnichki” (Sremska Mitrovica), Italiyaning “Gravina” hamda so'nggi marta Serbiyaning “Dubochica” (Leskovac) klublari safida to'p tepgan.

Himoyachi Serbiyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida ham muntazam o'ynagan. U U-16, U-17, U-18 va U-19 jamoalarida jami 40 dan ortiq uchrashuvda ishtirok etgan, U-21 terma jamoasi safida esa 1 ta rasmiy o'yinda maydonga tushgan.

Shuningdek, “Mashal” rossiyalik darvozabon Vladislav Rusanov bilan shartnoma imzoladi.

Muborakning “Mashal” futbol klubi yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda. Klub rossiyalik darvozabon Vladislav Rusanov bilan mehnat shartnomasi imzoladi.

1.jpg

24 yoshli posbon 2001 yil 1 avgust kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tug'ilgan. Uning bo'yi 2,00 metr bo'lib, darvozabon poziciyasida harakat qiladi.

Futbolchilik faoliyati davomida Belarusning “Energetik-BGU” hamda Rossiyaning “Leon Saturn” jamoalari sharafini himoya qilgan. So'nggi ikki yarim mavsumda “Leon Saturn” safida 50 dan ortiq rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, o'zini ishonchli darvozabon sifatida namoyon etgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif