So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  0 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  1 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  39 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

PFL Oliy va Birinchi liga futbol klublariga qo'yiladigan talablarni kuchaytirdi Yangiliklar

PFL Oliy va Birinchi liga futbol klublariga qo'yiladigan talablarni kuchaytirdi

O'zbekiston Professional Futbol Ligasi FIFA va Osiyo Futbol Konfederaciyasining direktiv hujjatlari, shuningdek boshqa normativ hujjatlar asosida OFK, O'FF va PFL tashkil qiladigan musobaqalarida ishtirok etish uchun professional futbol klublariga qo'yiladigan talab va tamoyillarni kuchaytirdi.

Licenziyalash bo'yicha reglamentga  Professional Futbol Ligasi tomonidan klublar va klublarga beriladigan huquq, vazifa va vakolatlar kiritilgan. Ushbu meyoriy hujjatda, shuningdek, O'zbekistondagi futbol klublarini licenziyalash tartibi aniqlab olingan bo'lib, sport, infratuzilmaviy, kadrlar, mamuriy, huquqiy va moliyaviy mezonlar ham o'rnatilgan.

Licenziyalash bo'yicha talablar futbol klublarida adekvat boshqaruv va tashkilotchilik tizimini yo'lga qo'yish, jamoalarga malakali va tajribali kadrlarning ishga qabul qilinishiga erishish, futbol klublarini zamonaviy talablarga mos sport inshootlari bilan taminlash, ishqibozlarga futbol tomosha qilish, jonli translyaciyalarni ko'paytirish va ularga zarur shart-sharoit yaratib berish kabi dolzarb masalalarni o'z ichiga olgan.

Bugungi kunda bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirishga investiciya kiritish va bu bilan yuqori malakaga ega bo'lgan murabbiylarni tayyorlash, ularni jalb qilish bo'yicha zarur chora-tadbirlar ko'rish kerakligini inobatga olgan holda Oliy liga klublariga aynan shu masalada ham yuqori talablar qo'yildi.

SHu o'rinda takidlash kerakki, O'zbekistondagi futbol klublarini licenziyalash tizimi futbol standartlarini doimiy ravishda mukammallashtirish va uni keyinchalik ham qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Ijro muddati 2018 yilning 1 fevraligacha bo'lgan ushbu standartlarning OFK licenziyalash tizimiga mos kelishiga katta etibor berilgan.

15 sahifadan iborat hujjatda klublarga eng avvalo quyidagi talablar qo'yilgan:

1.Oliy liga klublari o'zlarining futbol maktablariga (akademiya) ega bo'lishlari shart.

2.Futbol maktablari (akademiya) o'z sport inshootlari (futbol maydonlari, mashg'ulot zallari, trenajer zallari, o'quv xonalari, yotoqxona) va sport asbob anjomlarga (futbol to'plari, sport formalari, turli trenajerlar, fishkalar, futbol maketlari) ega bo'lishi zarur.

3.Futbol maktablari (akademiyalari) o'zlarining ovqatlanish tizimiga ega bo'lishi va sifatli ovqatlanishni tashkil etishi zarur.

4.Futbol maktablarida (akademiya) U-10, U-14, U-16, U-18 yosh toifalaridagi kamida 4 ta jamoa bo'lishi shart.

5.U-16, U-18 yoshli o'smirlar o'rtasida  aylanma  (uy-mexmon) tizimda o'tkaziladigan Respublika birinchiligi musobaqalarda o'z jamoasini ishtirokini taminlash.

6.U-10, U-14 yoshli bolalar o'rtasida regional va Respublika bosqichi tizimida o'tkaziladigan musobaqalarda o'z jamoasini ishtirokini taminlash.

7.Klublar o'zining O'zbekiston chempionatida (oliy yoki 1-ligada) ishtirok etuvchi ayollar jamoasiga ega bo'lishi  va ularga zarur shart-sharoitlar yaratishi lozim.

8.Klublar o'zining O'zbekiston chempionatida (oliy yoki 1-ligada) ishtirok etuvchi mini-futbol (futzal) jamoasiga ega bo'lishi  va ularga zarur shart-sharoitlar yaratishi lozim.

SHuningdek, kadrlar va mamuriy masalalar bo'yicha eng avvalo futbol klublarining muqim ofisi yoki binosi, o'quv-mashg'ulot obektlari, shu jumladan, stadioni bo'lishi majburiy qilib belgilanadi. Klub ofisi va mashg'ulotlar bazasida xodimlar, futbolchi va murabbiylar uchun barcha shaoitlar taminlangan bo'lishi kerak.

Bundan tashqari hujjatda futbol o'yinlari o'tkaziladigan stadionlarga qo'yiladigan talablar haqida ham gap boradi. Eng avvalo stadionning sertifikati bo'lishi talab qilinadi. Stadionlarga qo'yilgan talablarda futbol maydonining ahvoli, ishtirokchilar, uchrashuv rasmiylari va muxlislari uchun mo'ljallangan joylar, muxlislar va OAV uchun ajratilgan joylar bo'yicha alohida mezonlar ishlab chiqilgan. Hujjatda stadionni yoritish tizimi, avtomobillar turargohlari kabi bir qarashda oddiy ko'rinadigan masalalargacha alohida talablar qo'yilgan. Jumladan, yoritish tizimi maydonning barcha qismida, burchaklari bilan birgalikda 1200 lyuksdan kam bo'lmasligi lozimligi ko'rsatilgan.

Futbol klublari tashkiliy-huquqiy tuzilishidan qatiy nazar, yillik moliyaviy hisobot mustaqil auditorlar tomonidan tayyorlanishi va tekshirilishi kerak. Klub tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobot, OFKning klublarni licenziyalar bo'yicha talablar va principlariga mos keluvchi buxgalterlik hisoboti talablariga javob berishi lozim. Futbol klublari, shuningdek, licenziyalash tartibiga asosan, har yilning 31 dekabr sanasigacha futbolchilarning transferlari uchun muddati yakunlangan qarzlarga ega emasliklarini isbotlashi shart.

Oliy liga va Birinchi liga klublari oldiga qo'yiladigan talablar bo'yicha O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov o'z fikrlarini bildirib o'tar ekan, licenziyalash jarayonida talablarni bajarmagan klublar quyi ligaga yo'l olishini alohida takidlab o'tdi.

“Oliy liganing aksariyat klublari licenziyalash bo'yicha talablarni bajarishda muddatlarni juda kechiktiradi. Bazi klublar esa talabga javob beradigan sharoitlarni haligacha tayyorlamagan. Licenziyalash talabini bajarmagan klublar, musobaqa jadvalida qaysi pog'onani egallab turganidan qatiy nazar, kelasi mavsumda Oliy liga bahslarida ishtirok etishiga yo'l qo'yilmaydi. SHuningdek, yangi talablarga ko'ra Oliy liga klublari tarkibida to'p suradigan futbolchilarga yoshi bo'yicha kvotalar kiritiladi. Bu orqali yosh futbolchilarga muntazam o'yin amaliyoti taqdim etib borish yo'lga qo'yiladi”, - deydi Umid Ahmadjonov.

-  Birinchi liga klublari oldiga ham mana shunday qatiy talablar qo'yiladimi?

- Ha, Birinchi Liga darajasini Oliy ligaga yaqinlashtirish maqsadida bir qancha o'zgarishlar amalga oshiriladi. Jumladan, kelasi mavsumdan boshlab har bir viloyatning bir jamoasi Birinchi Ligada ishtirok etadi. Bu yo'l orqali yurtimizning barcha hududlarida futbol rivojlanishiga erishishni maqsad qilganmiz. Birinchi liga jamoalari tarkibida faqat 24 yoshgacha bo'lgan futbolchilar to'p surishi belgilab qo'yiladi. Bu orqali yosh futbolchilarning zaxira o'rindig'iga o'tirib qolishini oldini olish ko'zda tutilgan. SHuningdek, yosh futbolchilarning muntazam ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'lishi terma jamoalarimizga nomzodlarning ko'payishi va raqobat kuchayishini taminlaydi. Oldinda Olimpiada, Osiyo Kubogi va Jahon chempionati kabi katta futbol musobaqalari turibdi. Maqsadimiz, ana shu musobaqalarda terma jamoalarimiz uchun kuchli futbolchilar etishib chiqishiga erishish.

Milliy terma jamoamiz kuchayishini barchamiz istaymiz. Bu haqida juda ko'p gapiriladi. Ammo milliy chempionatimiz saviyasini ko'tarmay turib, milliy terma jamoamizni kuchaytira olmaymiz. Oliy va Birinchi liga jamoalari oldiga qo'yilayotgan yuqoridagi talablarning barchasi futbolimizni kuchaytirish, milliy terma jamoamizning yuqori darajalarga chiqishini taminlashga qaratilgan”, - deydi Umid Ahmadjonov O'FF matbuot xizmatiga.

Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика