So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

PFL “Obod”ni kelishilgan o'yin uchun chetlatdimi? Yangiliklar

PFL “Obod”ni kelishilgan o'yin uchun chetlatdimi?

Teglar :  ObodPFL
PFL Toshkentning "Obod" klubini chetlatdi.

Toshkentning “Obod” futbol klubi O'zbekiston Professional Futbol Ligasi Ijroiya Qo'mitasining O'FF bilan birga kelishilgan qaroriga ko'ra, futbol bo'yicha 2017 yilgi O'zbekiston chempionati qatnashchilari safidan chiqarildi.

Bugungi kunga kelib “Obod” futbol klubining O'zPFL oldidagi qarzlari 112 mln so'm (shundan 90 mln so'm – azolik badali to'lovi, 15 mln so'm – O'zbekiston fuqarosi bo'lmagan murabbiyni ro'yxatga qo'yish uchun to'lov va 7 mln – jarima to'lovlari)ni tashkil etadi. O'zbekiston klublarini licenziyalash bo'yicha reglamentga muvofiq klubni moliyalashtirish manbalari to'g'risidagi malumotnoma O'zPFLga taqdim etilmaganligi natijasida ushbu jamoa nimaning hisobiga moliyalashtirilishi haqidagi masala tushunarsizligicha qolaverdi.

“Obod” futbol klubi, shuningdek, reglament talablarini qo'pol ravishda buzgan holda bir necha marta ogohlantirish berilganiga qaramasdan licenziyalash bo'yicha birorta ham xujjatni rasmiylashtirmadi.

SHu bilan birga Oliy liganing 20-turi doirasidagi “Obod” – “So'g'diyona” (2:4) va 22-turidan o'rin olgan “Obod” – “Nasaf” (0:6) o'yinlarida qayd etilgan natijalarning shubhali ekanligi aytilgan “Federbet” xalqaro notijorat federaciyasining O'zbekiston Futbol Federaciyasiga yozgan xati ham O'zPFL Ijroqo'mining yakuniy qaror qabul qilishida asos bo'lib xizmat qildi.

Musobaqalar reglamentining 4.26 bandiga asosan “Obod” futbol klubi taqvimdagi o'yinlarning yarimidan ko'pini o'tkazib bo'lganligi munosabati bilan qolgan o'yinlarda jamoaga texnik mag'lubiyat, uning raqiblariga esa texnik g'alaba yoziladi. O'tgan o'yinlardagi ogohlantirish va chetlatishlar o'z kuchida qoladi.

O'zbekiston Respublikasi qonunchilik xujjatlarida ko'rsatilganidek, “Obod” futbol klubidao'z xodimlari va futbolchilari oldidagi mehnat shartnomalari bo'yicha qarzlarni uzish va soliq to'lovlarini to'lash majburiyati saqlanib qoladi. Jamoa xodimlari va futbolchilariga esa boshqa futbol klublari qaydnomasiga musobaqalar reglamenti asosida ro'yxatga kiritilish uchun ruxsat beriladi.



Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика