PFL legionerlarni ro'yxatdan o'tkazishda klublarga engillik yaratmoqchi
15 jan 2021 12:41
Yangiliklar


PFL legionerlarni ro'yxatdan o'tkazishda klublarga engillik yaratmoqchi
Futbol klubi o'z legioner futbolchisini ro'yxatdan o'tkazganlik uchun malum miqdorda pul to'lab beradi.
2021 yilgi mavsum uchun O'zPFL legioner futbolchilar to'lovi bo'yicha ikkita taklif tayyorlamoqda:
- ketma-ket (uzluksiz) to'rtinchi mavsum O'zbekistonda to'p surgan legioner futbolchini beshinchi mavsumdan boshlab to'lovlardan ozod etish;
- bir legioner futbolchi uchun yilda bir marta to'lov shakli. Yani, mavsum o'rtasida mazkur legioner boshqa klub libosini kiysa, uning uchun alohida to'lov qilinmaydi.
Legioner futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish limiti 4+1 ko'rinishida saqlab qolinadi", - deb yozadi PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar