So’nggi yangiliklar

16:58Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойдаги турнирда қатнашади  0 16:41"Футбол олами". "Машъал"дан 4:0, "Насаф" марказий ўйинда ғалаба қозонди, Тошкент дербисида дуранг — 12-тур ҳақида батафсил   0 16:29Неймарнинг отаси: "Ўғлимни ҳар куни карнавалда деб ўйлашни бас қилинг"  1 16:00Ўзбекистон терма жамоаси сардори Элдор Шомуродовнинг нархи ошди  4 15:47Коул Палмер қимматбаҳо соат сотиб олди  0 15:21"Бавария" "Барселона" хавбекига қизиқиш билдирмоқда  0 14:53"Насаф" – "Навбаҳор" учрашувида пенальти бормиди? Суперлиганинг 12-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  5 14:27"Наполи" Луккани Лукакуга ўринбосар сифатида кўрмоқда  1 13:58Ҳожимат Эркинов: "Машинани акамга совға қилдим, чунки футболга кириб келишимда уларнинг ҳиссалари катта"  5 13:32Бэйл Англия клуби эгаларидан бирига айланиши мумкин  0 13:05Уч нафар ўзбекистонлик футболчи Англия клубида кўрикдан ўтиш учун жўнаб кетди  15 12:39"Реал" Браим Диаснинг келажаги борасида бир қарорга келди  2 12:13Суперлига 13-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  1 11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  3 11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  8

Jasur Abduraimov va “Metallurg” Reglament bandini buzdi Yangiliklar

Jasur Abduraimov va “Metallurg” Reglament bandini buzdi

“Metallurg” klubi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov Coca-cola Superliga 15-turidan o'rin olgan “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'zPFL klub bosh murabbiylari tomonidan bildirilgan fikrlarni hurmat qiladi va o'z navbatida bosh murabbiylarni ham “2021 yilgi mavsumda O'zbekiston professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti”da (keyingi o'rinlarda – Reglament) ko'rsatilgan fikrlarni hurmat qilishga chaqiradi. Mazkur Reglament uch alifbo va ikki tilda chop etilgan hamda klublarga tarqatilgan. SHuningdek, Reglamentni O'zPFL rasmiy sayti orqali elektron shaklda ham yuklab olish imkoniyati mavjud.

Reglamentning 20.6-bandida Superliga va Pro liga klublari bosh murabbiylari uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishlari shart ekani ko'rsatib o'tilgan. Bunda matbuot anjumaniga yordamchi murabbiyni yuborish to'g'risida gap-so'z yo'q. Qolaversa, har bir murabbiyda shogirdlari bilan muloqot qilish uchun etarlicha imkoniyat mavjud. Ammo rasmiy uchrashuvdan keyingi tahminan yarim soatlik sport jurnalistlarining savollariga javob qaytarish uchun sarf etilishi lozim. O'zPFL shu shart bilan bosh murabbiylarga Musobaqada ishtirok etish uchun licenziya taqdim etadi. Qolaversa, har bir futbol klubi Reglament talablariga qatiy rioya qilish sharti bilan Musobaqaga qo'shiladi.

Jasur Abduraimov “Turon”ga qarshi mag'lubiyat bilan yakuniga etgan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanini inkor qildi. Bu bilan u Reglament talablarini buzdi va uchrashuvga tashrif buyurgan sport jurnalistlariga nisbatan hurmatsizlik qildi. Oqibatda tegishli qo'mita Jasur Abduraimovga nisbatan jarima sankciyasi qo'lladi. SHunga qaramay, Abduraimov keyingi uchrashuvdan keyin ham Reglamentning xuddi shu talabini bajarmadi. Oqibatda O'zPFL keyingi uchrashuvda murabbiyni maydon bo'ylab texnik zonaga kiritmadi. Bunday holat yana takrorlansa, O'zPFL murabbiy licenziyasini bir necha uchrashuvgacha bekor qilishi mumkin.

“Bunyodkor”ga qarshi uchrashuv yakunida Abduraimov jurnalistlar savollariga javob qaytardi va bunda u bitta ehtiyotsizlik va bitta Reglament buzilish holatiga yo'l qo'ydi. Birinchi galda u maydonga 5 nafar emas, 7 nafar futbolchi zaxiradan chiqarilgani haqida aytib o'tdi hamda bu kimning xatosi ekani bilan qiziqdi. SHu kuni chindan ham maydonga 7 nafar futbolchi zaxiradan qo'shildi: “Bunyodkor” to'rt va “Metallurg” uch o'zgarishni amalga oshirdi. Reglament bo'yicha har bir klub uchrashuv davomida uch urinishda besh nafargacha futbolchini maydonga tushirish huquqiga ega. Reglamentning 17.5-bandiga kiritilgan o'zgartirishda bu holat qayd etilgan.

SHuningdek, Jasur Abduraimov Reglamentga kiritilgan o'zgarishning 18.19-bandini buzdi. Unda shunday deyilgan: “Musobaqa davomida yoki uning yakunida bosh murabbiy, klub rahbari yoki futbolchisi uchrashuv hakamligiga nisbatan o'z etirozini bildirsa, biroq uchrashuv rasmiy qaydnomasiga Reglamentning 16.2-bandida ko'rsatilgani bo'yicha shikoyat arizasi kiritmasa, etiroz bildirgan shaxs hamda klubga nisbatan O'FAning ‘Intizom kodeksi’ga muvofiq jarima sankciyasi qo'llaniladi”. SHundan kelib chiqib, O'zPFL mazkur ishni tegishli qo'mitaga oshiradi. 

Malumot uchun, xuddi shunga o'xshash holat “So'g'diyona” – “Navbahor” uchrashuvidan keyin ham kuzatildi va “Navbahor” murabbiyi hakamlikni tanqid qildi. O'zPFL Viktor Jalilovning fikrlarini hurmat qiladi, shundan kelib chiqib, hakamlik masalasiga baho berish uchun ish O'FAga o'z vaqtida oshirilgan. Sababi, “Metallurg” klubidan farqli ravishda “Navbahor” Reglamentda belgilab berilgani bo'yicha hakamlik masalasida rasmiy shikoyat ham kiritgan.

O'zPFL barcha futbol klublari va ularning rasmiylarini Reglamentga amal qilishga chaqiradi. Biz har qanday masalada rasmiylar yoki OAV bilan fikr almashishga tayyor ekanligimizni eslatib o'tamiz. SHuningdek, “Metallurg” klubi rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va qator o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlashga tayyormiz.


Jasur Abduraimov matbuot anjumanida "yorildi"        

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика