So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  0 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

PFL: Futbolchilarga ko'tarma pullari oyma-oy bir xil miqdorda berilishi shart Yangiliklar

PFL: Futbolchilarga ko'tarma pullari oyma-oy bir xil miqdorda berilishi shart

O'zbekiston futbol associaciyasi futbolchilarga beriladigan ko'tarma pullari masalasini tartibga solish yuzasidan ish olib borayotgani barchaga malum.

SHundan kelib chiqib, barcha futbol klublari ko'tarma pullarini berish tartibiga masuldir.

PFL tomonidan taqdim etilgan shartnomalarda futbolchilarga ko'tarma pullari oyma-oy bir xil miqdorda berilishi belgilab qo'yilgan. Tashkilot yilda ikki marta o'tkaziladigan audit tekshiruvida bu jihatga jiddiy etibor qaratadi. Agar biror futbolchi ko'tarma pulining katta qismini birdaniga olgani aniqlansa, O'FA mazkur jarayon yuzasidan ish ochadi. Bunda futbolchi ham, klub ham jiddiy sankciyalar bilan yuzlashadi.

Ayni vaqtda na O'FA va na PFL ko'tarma pullari miqdorini chegaraladi. Ammo uni to'lash tartibini aniq ko'rsatib berdi. 2020 yildan boshlab davlat korxonalari tomonidan moliyalashtiriladigan futbol klublarida ko'tarma puli degan tushunchaning o'zi bo'lmaydi.  

Bungacha ko'tarma pullarini birdaniga talab qilgan futbolchilarning keyingi faoliyatlari qoniqarli bo'lmagan holatlar ko'p. 2019 yilda barcha futbolchilar o'z daromadlaridan to'lanadigan soliqlarga, o'zlari tuzgan shartnomalarga jiddiy munosabatda bo'lishlari shart. Bularning barchasiga klublar javobgardir.

SHuningdek, mazkur jarayonda futbolchilarning o'zlari ham jazoga tortilishi mumkin. Futbolchilar o'zlari talab qilayotgan umumiy summani klublardan oyma-oy olishi shart. Biror klub rahbariyati yoki masul shaxs futbolchiga oldindan beriladigan ko'tarma pulini vada qilib, bu ishni amalga oshirgani aniqlansa, har ikki taraf ham jazoga tortiladi. O'FA va PFL futbolchilarga, murabbiylarga to'lanadigan oyliklar miqdoriga aralashmaydi. Ammo ularning berilishi tartibi jiddiy nazoratda bo'ladi.

Professional futbol ligasi futbol jamoatchilikdan mazkur masala yuzasidan futbolchilarni ogohlantirishda yordam so'raydi. Biror iqtidorli futbolchining sankciyalar ortidan jabr chekishi tashkilot uchun kerak emas. Ammo u qanday darajadagi futbolchi bo'lmasin, umumiy tartiblarga, qonun va qoidalarga amal qilishi shart.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика