So’nggi yangiliklar

14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  1 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  6 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  7 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  2 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  14 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  3 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  1 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  3 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  3 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  16 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  9

PFL “Dinamo” - “Xorazm” o'yiniga nega 15 daqiqa vaqt qo'shib berilganini aniqladi Yangiliklar

PFL “Dinamo” - “Xorazm” o'yiniga nega 15 daqiqa vaqt qo'shib berilganini aniqladi

Pro-Liga 23-turidan joy olgan “Dinamo” - “Xorazm” o'yinida futbolda kam kuzatiladigan holat ro'y berib, bosh hakam Igor Xudoydatov uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 15 daqiqa vaqt qo'shib bergan.

Bunga qadar mehmonlar hisobda oldinda borayotgan bo'lsa, qo'shib berilgan daqiqalarda samarqandlik futbolchilar 2 ta gol urib, g'alabani ilib ketgan. Mazkur holat esa futbol muxlislarida shubha uyg'otgan. SHundan kelib chiqib, PFL komissiyasi “Dinamo” — “Xorazm” uchrashuvini o'rganib chiqdi.

Ikkinchi bo'limda to'xtalishlar vaqti 15 daqiqadan oshib ketganligi fakt. Mazkur holat videoda o'z ifodasini topgan. Mehmonlar uchrashuv vaqtini ochiqchasiga cho'zishga intilgan. Qo'shimchasiga, bosh hakam tomonidan maydondan chetlashtirilgan darvozabon G'ayrat O'daevning maydondan chiqib ketishiga 6 daqiqa vaqt kerak bo'lgan.

O'daev uchrashuvning 51-daqiqasida hakam qaroriga jiddiy etiroz bildirgani uchun ogohlantirilgan. Mazkur holat videoda yaqqol ko'ringan. 63-daqiqaga kelib esa darvozabon to'pni o'yinga kiritishni paysalga solib, maydon tashqarisidagi futbolchi bilan gaplashib turavergan. Keyin esa hakam bilan “suhbatini” davom ettirgan va maydondan chetlatilgan.

Uchrashuvni o'rganib chiqish jarayonida shubhali bo'lib ko'ringan qo'shimcha 15 daqiqa, darvozabonning maydondan chetlatilishi, “Xorazm” darvozasiga penalti belgilanishida hakamning xatosi ko'rinmadi. Uning hatti-harakati o'yin natijasiga o'z tasirini ko'rsatmagan. Bu kabi holatlarda futbolchilar o'z zimmasidagi vazifani bajarishi — futbol o'ynashi kerak. O'yin vaqtini suniy cho'zish kabi illatni esa oqlab bo'lmaydi. O'zini hurmat qilgan, raqib ko'ziga tik boqa oladigan va o'z kuchiga ishongan futbolchilar bunday illatlardan uzoqda bo'lishi shart.

Yana bir jihatga etibor qaratish kerak. “Xorazm” futbol klubi Samarqandga bir dona darvozabon bilan tashrif buyurgan. Darvozabonning ehtimoliy jarohatini ham inobatga olganda, mehmonlarning bu ishini tushunish qiyin. SHuningdek, zaxira o'rindig'ida ikki murabbiydan boshqa hech kim bo'lmagan. Klub o'yinga shifokorsiz kelgani uchun, “Dinamo” klubi shifokorlari har ikki jamoa futbolchilariga ham yordamga yugurgan. Ikkinchi bo'limda asosan mehmonlar “jarohat olgani” inobatga olinsa, “Xorazm” klubi mutasaddilarining ishini professionallikka yo'yib bo'lmaydi.

PFL klublardagi moliyaviy holatdan xabardor. SHuning uchun ham qarzdorliklar masalasi kuz fasliga qadar cho'zib kelindi, klublarga imkoniyat berildi. Haqiqat shundan iboratki, klublarga 10—20 yillar davomida talab va munosabat shunday bo'lgan uchun ham ligada o'sish yo'q. SHuning uchun ham PFL Pro-Liga klublariga Superliga jamoalariga qo'yilgan shtat-jadvali talablarini yuborgan. Talab qattiq bo'lmasa, hozirgi holat yana bir necha yillar davom etishi mumkin.

PFL komissiyasi o'yinni o'rganib chiqish jarayonida mehmonlar darvozaboni G'ayrat O'daevning hatti-harakatiga o'z etiborini qaratdi. O'yin vaqtini cho'zish, hakamning ishiga halal berish, provakaciyaga qo'zg'ash kabi harakatlari uchun darvozabon “Xorazm” ishtirokidagi 2 ta o'yindan chetlashtirildi hamda unga 5 million so'm jarima solindi.

SHuningdek, “Xorazm” futbol klubi keyingi uchrashuvlarga ham shunday munosabatda bo'lib, o'yinga mamur hamda shifokorsiz tashrif buyursa, klub futbolkalari o'yin uchun tayyor bo'lmasa — jamoa texnik mag'lubiyat qabul qilib oladi va o'yinga chiqarilmaydi. Bu talab Pro-Liganing barcha klublari uchun birdek tegishlidir. PFL bir oy avval Pro-Liga klublari uchun ham shtat jadvali taqdim etgan bo'lib, unda klubda qanday xodimlar bo'lishi kerakligi aniq ko'rsatib o'tilgan. Demak, ortiqcha savolga o'rin qolmasligi kerak.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика