So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

PFL 300 million so'mni "Buxoro" klubiga qaytarib berishi mumkin Yangiliklar

PFL 300 million so'mni "Buxoro" klubiga qaytarib berishi mumkin

Bugun SPORT telekanalida "Sport klub" ko'rsatuvi bo'lib o'tdi.

Ko'rsatuvda PFL bosh direktor maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev "Buxoro" klubiga solingan jarima borasida tushuntirish berib o'tdi.

"Buxoro" klubiga 300 million jarima solinganidan xabaringiz bor. Stadionda muxlislar haqorat qilishmasin deb taqiq qo'ya olmaymiz, hamma baqirishi mumkin. Lekin ommaviy ravishda bir inson yoki klubni haqorat qilib hayqirish umuman noto'g'ri. O'zini xalq deb bilgan odamlar ommaga ergashmaydi. PFL va O'FAga bu pullar umuman kerak emas. Klublardan olinadigan jarimalar bitta joyda turadi va hech qachon PFL yoki O'FA uchun ishlatilmaydi.

Keyingi yillardan boshlab Superliganing har bir stadioni atrofida ko'ngilochar bog'lar tashkil etiladi. "Buxoro" klubi to'laydigan 300 million so'm jarimani aynan mana shu bog' tashkil etish uchun "Buxoro" stadionining o'ziga sarflashimiz mumkin. Yoki ikkinchi variant ham bor. Agar muxlislar chindan ham o'z ayblarini tushunib, bu narsani boshqa takrorlashmasa Superliganing birinchi bosqichi tugagach 300 million so'm "Buxoro"ning o'ziga qaytarib beriladi. Barchasi muxlislarning o'zlariga bog'liq. PFL yoki O'FAning maqsadi klublarni sindirish emas", - deydi PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev.

Reyting: +82   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика