So’nggi yangiliklar

18:30"Динамо" - "Шўртан" (онлайн ҳисоб)  2 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   3 17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  2 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  0 16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  7 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  5 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3

PFL: 14-tur nomalum muddatga qoldirildi, JCHdan keyin o'zgarishlar davom etadi, O'zbekiston kubogi formati ham o'zgaradi Yangiliklar

PFL: 14-tur nomalum muddatga qoldirildi, JCHdan keyin o'zgarishlar davom etadi, O'zbekiston kubogi formati ham o'zgaradi

Teglar :  SuperligaTaqvim
O'zbekiston milliy terma jamoasining Urugvayga qarshi xalqaro o'rtoqlik o'yini sabab Superliga taqvimida navbatdagi o'zgarish yuz berdi hamda 14-tur Jahon chempionati startidan keyinga qoldirildi.

Bu haqda keyinroq batafsil malumot beriladi.

O'FA rahbariyati milliy va olimpiya terma jamoalarining xalqaro maydondagi imidjini tiklash maqsadida taqvimni ularning rejasidan kelib chiqib tuzish taklifini bergan. O'zbekiston milliy termasi Urugvay bilan o'yin uchun olis masofani bosib o'tadi. SHundan kelib chiqib, delegaciya 7 iyun kungi bellashuv uchun 2 iyun tongida yo'lga chiqadi.

2-3 iyun kunlari Pepsi Superliganing 14-tur uchrashuvlari bo'lib o'tishi kerak edi. Milliy termaning kengaytirilgan ro'yxatidan dastlab “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Nasaf” hamda “Lokomotiv” klublaridan uch va undan ortiq futbolchi joy olgandi. Mazkur holat ularning chempionatdagi o'yinlariga o'z tasirini ko'rsatishi katta ehtimol bo'lib turgandi.

SHundan kelib chiqib, PFL 14-turni keyinroqqa qoldirdi. 15-turda esa ikki o'zgarish yuz berdi. “Nasaf” hamda “Bunyodkor” klublari ishtirokidagi o'yin bir kun keyinga qoldirildi. Qolgan uchrashuvlar o'z o'rnini saqlab qoldi. Vaqtlar va soatlar quyida ko'rsatib o'tilgan.

Superliga. 15-tur.
10 iyun (yakshanba)

“Navbahor” - “Qo'qon-1912”           19:02
11 iyun (dushanba)
“Qizilqum” — “So'g'diyona”           19:30
12 iyun (seshanba)
“Neftchi” - “Paxtakor”                  19:03
“Metallurg” - “Nasaf”                  19:11
“Lokomotiv” - AGMK                     19:11
 “Buxoro” - “Bunyodkor”                  19:32

Superliga taqvimida Jahon chempionatidan keyin ham o'zgarishlar yuz berishi katta ehtimol. Ayni vaqtda O'zbekiston Kubogi formatiga yana bir kichik o'zgarish kiritish masalasi ko'rib chiqilmoqda. SHuningdek, Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga sharoit yaratish, shuningdek, bu jamoaga chaqirilgan futbolchilar sabab ayrim klublar aziyat chekmasligi uchun ham o'zgarishlar yuz beradi.

Mazkur o'zgarishlar orasida ehtimoliy dekabr sanasida o'tishi kerak bo'lgan O'zbekiston Kubogi finalining oktyabrda o'tkazilishi masalasi ham bor. Boisi O'FA hamda PFL Kubok finalini o'tgan yildagidan kam bo'lmagan bayram bilan o'tkazishni maqsad qilgan.

SHuningdek, 2018 yil mavsumidagi birorta ham o'yin dekabrga qolmasligi kerak. Yaxshi bilasizki, 2019 yilning yanvar oyida Osiyo Kubogi start oladi. SHundan kelib chiqib, milliy terma jamoa murabbiylariga sharoit yaratish hamda og'ir mavsumni o'tkazishga majbur bo'layotgan milliy terma futbolchilarga dekabrda ozgina tanaffus berish muhim faktor hisoblanadi.

PFL bu kabi o'zgarishlar uchun futbol muxlislari hamda klublardan uzr so'raydi. Umid qilamizki, ular bizni to'g'ri tushunadi. Ayni vaqtda futboldagi hamma bir yoqadan bosh chiqarib, terma jamoalarning xalqaro maydonlardagi ishtiroki yo'lida birlashmoqda. 2019 yilgi mavsumda PFLga na Osiyo o'yinlari, na Jahon chempionati va na Osiyo Kubogi halal beradi. Demak, taqvim bunda chiroyli, hamma uchun qulay va o'zgarishlarsiz bo'ladi.

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика