Tojikiston termasi bosh murabbiyi Petr Segrt: "Mamlakat futboli tarixidagi eng katta g'alabani qo'lga kiritdik"
		
		23 jan 2024 01:47
        Yangiliklar	
	 
				 
				Tojikiston termasi bosh murabbiyi Petr Segrt: "Mamlakat futboli tarixidagi eng katta g'alabani qo'lga kiritdik"
- Janob murabbiy, ulkan g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yin haqidagi fikringiz qanday?
- Barcha o'yinchilarni tabriklayman. Bugun hamma ajoyib harakat qildi. Tojikistondagi barcha insonlarni tabriklayman. Livanga ham yaxshi o'yin uchun rahmat aytmoqchiman.
- Parvizjon, uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi sifatida o'yin haqida fikr bildirsangiz?
- Juda baxtliman. Jamoamga yordam berganimdan juda mamnunman. Gol o'tkazishimizga qaramay, biz to'xtamadik va o'zimizga kerakli narsaga erishdik. G'alabamizni prezidentimizga bag'ishlamoqchiman. Ertalab Prezidentimiz bilan ko'rishgandik, ular bizga juda katta motivaciya bergandilar. Ularni xursand qilish uchun barcha ishni qildik.
- Ikkita golingiz bekor qilindi. Undan keyin esa raqib gol urdi. SHuncha qiyinchilikdan keyin o'yinga qaytishga qanday kuch topdingiz?
- Qiyin bo'ldi. O'yin davomida barchaga hali imkoniyat borligini takidladim. Barcha shogirdlarimga to'liq ishongandim. Tojikistonliklar haqiqiy jangchi bo'lishadi. O'yindan oldingi tayyorgarlik jarayonida ham yutqazishga haqqimiz yo'qligini barchaga takidlagandim.
- Janob murabbiy, o'yin oxirida yo'qolgan ko'zoynagingizni topdingizmi?
- Ha, OFK komissarlariga rahmat. Menga ko'zoynakni topib berishdi, ammo singan holda. Kimdir ko'zoynagimni tamirlarlab bermasa bo'lmaydi. (kuladi)

- Murabbiyni g'alaba bilan tabriklayman. Jamoa finalga chiqishi mumkinmi?
- Avval nimchorak final haqida o'ylashimiz kerak. To'g'ri, orzu qilish yaxshi. Lekin biroz realistik bo'lish kerak. Tojikiston musobaqaning eng kuchli 16 jamoasidan biri bo'ldi. Keyingi bosqichda raqibdan qatiy nazar bor kuchimizni ishga solamiz.
- Parvizjon, Tojikiston hisobda ortda borganda ham taslim bo'lmadi. SHunday qiyin holatdan chiqib ketishga nima turtki berdi?
- O'yin qanday bo'lganini hamma ko'rdi. Hisobda ortda borayotganimizda ham uchrashuvda g'alaba qozonishimiz mumkinligini sezib turgandik. Rostini aytsam, so'nggi uch to'rt kun ichida faqat g'alaba haqida o'yladik. Bu xayol o'yin davomida ham bizni tark etmadi.
- O'yindan oldingi matbuot anjumanida keyingi hafta ko'rishamiz deb aytgandingiz. Bu narsa amalga oshadigan bo'ldi. SHu haqida gapirsangiz?
- Bu gapni o'zimga ishon bilan aytgandim. Men jamoamdan faxrlanaman. Jamoadagi barcha bu g'alabaga o'z hissasini qo'shdi. Bugungi g'alabadan mamlakatdagi barcha insonlar, hatto mamlakat Prezidenti ham mamnun bo'ldi. Mamlakat futboli tarixidagi eng katta g'alabani qo'lga kiritdik.
O’xshash yangiliklar
 championat.asia
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	 
             "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
                    "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
                    Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
                    Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
                    Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar