So’nggi yangiliklar

00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  1 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  1 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  5 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  1 19:48Mirabror Usmanov Cup-2024. Дарвозабон 2 та гол урган ўйинда Тожикистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди  1

Peshqadamlar qoqildi: A Seriya 12-tur yakunlari Yangiliklar

Peshqadamlar qoqildi: A Seriya 12-tur yakunlari

5 - 7 noyabr kunlari Italiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Etiboringizga ortda qolgan tur uchrashuvlarining muhim lahzalari sharhini taqdim etamiz. 

 

"Yuventus" "Fiorentina"dan g'alabani ilib ketdi

Ketma-ket ikkita mag'lubiyatdan so'ng, "keksa sinora" "Fiorentina"ga qarshi bahsga o'zgacha kayfiyat bilan tayyorlangani aniq. Uchrashuv boshida Dibalada yaxshigina imkoniyat bo'lgandi, biroq argentinalik Morataning uzatmasidan keyin to'pni mo'ljaldan biroz teparoqqa tepib yubordi. Kalexonning bergan pasini Saponara darvozaga yo'llashga urindi, ammo uning zarbasiga ham biroz aniqlik etishmadi. Umuman olganda "Fiorentina" birinchi taymda "Yuventus"dan yomon o'ynamadi. To'p bilan ko'proq muomalada bo'lgan bo'lsa-da, "Yuve" butun taym davomida raqib darvozasiga birorta ham aniq zarba berolmadi.

Tanaffusdan so'ng, Morata yaqin burchakdan juda yaxshi zarba berdi, lekin to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. Ehtimol, 73-daqiqada Milenkovichning o'yindan chetlatilishi bahsning hal qiluvchi pallasi bo'lgandir. CHunki aynan shundan so'ng, "Fiorentina" o'yini sezilarli ravishda sustlashdi, "Yuventus" esa asta-sekin mehmonlar darvozasi tomon bosimni kuchaytira boshladi. Avvaliga Kezaning havodan yo'llagan to'pi darvoza ustuniga tegdi. Qo'shib berilgan vaqtda esa Kuadrado raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. Umuman olganda, "Yuventus" hujumda ancha kuchsiz harakatlandi, biroq Italiya chempionatidagi omadsiz seriyaga nuqta qo'yish va g'alaba qozonishga erishdi. "Fiorentina" o'yin jihatdan yomon ko'rinmagan bo'lsa-da, mag'lub bo'ldi.


Milan derbisida durang qayd etildi

Aksariyat derbilarda bo'lgani kabi, ushbu bahs ham ehtiyotkorlik bilan boshlandi. Ammo jarima maydonida CHalxanogluga nisbatan Kessie tomonidan fol ishlatishi o'yinni jonlantirib yubordi. To'p yoniga "Milan"ning sobiq yarim himoyachisi keldi va penaltidan unumli foydalandi. Lekin xursandchilik uzoqqa cho'zilmadi. Oradan 6 daqiqa o'tib, De Vrey raqibi Tomori bilan kurashda to'pni o'z darvozasiga to'g'rilab yubordi. Bir necha daqiqadan so'ng, jarima maydonida Darmian yiqitildi. Bu safar to'p yoniga Lautaro keldi, lekin gol urolmadi. "Inter" tempni yanada oshirdi: avvaliga, jarima maydonchasi markazidan Barellaning zarbasidan keyin himoyachi to'pni qaytargan bo'lsa, keyin Lautaroning yo'llagan to'pi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

"Inter" tanaffusdan keyin yanada faolroq o'ynadi. Uzoqdan Lautaro xavfli zarba berdi, navbatdagi vaziyatda aynan u CHalxanogluning uzatgan to'piga etishiga santimetrlar etmadi. Vidal ham gol urishga yaqin keldi, lekin Ture bunga yo'l qo'ymadi. Bahsning malum bir pallasida "Milan" tashabbusni o'z tomoniga og'dirdi, "Inter" esa oldinga yurishdan biroz chekindi. "Qizil-qoralar"da bir qancha keskin vaziyatlar bo'ldi, ulardan birida Kessie tepgan to'p darvoza ustuniga tegdi. Natijada kurashlarga boy bo'lgan uchrashuv durang bilan yakunlandi.


"Roma" "Veneciya"ga yutqazib qo'ydi

Konferenciyalar Ligasidagi bahsdan so'ng, "Roma"ni 3-daqiqadayoq yoqimsiz syurpriz kutib turgandi. Aramu to'pni Mattiaga etkazib berdi, Kaldara esa to'pni darvozaga joylab qo'ydi. "Roma" darhol hujumga tashlandi: bir necha daqiqadan so'ng, Abraxamning zarbasi darvoza ustuniga tegdi. Pellegrinining qayta urinishidan keyin esa himoyachi deyarli darvoza chizig'idan to'pni qaytarib yubordi. Natijada "Roma" butun taym davomida mezbonlar darvozasiga bosim uyushtirdi va bu oxir-oqibat samara berdi. Ushbu bahsda asosiy tarkibdan o'rin olgan Eldor SHomurodov barchamizni quvontirib, to'pni darvoza to'riga yo'lladi va A Seriya joriy mavsumidagi 1-golini nishonladi. Lekin Eldor shu bilan to'xtab qolmadi. Bo'lim so'ngida aynan hamyurtimiz chap qanotdan to'pni havodan Abraxamga etkazib berdi, Temmi esa himoyachi va darvozabonni dog'da qoldirib, gol urdi.

"Roma" xotirjamgina ishni g'alaba bilan yakunlaydigandek tuyulgandi, ammo amalda bunday bo'lmadi. O'z imkoniyatini kutgan va undan unumli foydalangan "Veneciya" penalti ishlab oldi, to'p yoniga Aramu keldi va ishonch bilan Ruy Patrisiu darvozasini ishg'ol etdi. "Roma" biroz karaxt holatga tushib qolgandek edi, lekin rimliklar gol urishni o'rniga, qarshi hujumni o'tkazib yubordi. Itan Ampadu o'z maydoni tomondan pas berdi, Okereke esa himoyachilarni ortda qoldirib, darvozabonni ham dog'da qoldirishni uddaladi. Biroq eng qizig'i, shundan keyin ham, "Roma" hisobni tenglashtirishi, "Veneciya" esa yana gol urishi mumkin edi. Masalan, Anrining zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Natijada, "Veneciya" kutilmagan g'alabaga erishdi, Mourinoning ahvoli esa uncha yaxshi emas.


"Napoli" "Verona" bilan durang o'ynadi

"Verona" etakchiga qarshi o'yinni shiddat bilan boshladi. Avvaliga Barakning pasidan so'ng, Simeone zarba berdi, ammo urinish biroz noaniq chiqdi. Keyin esa Kaprari golkiperning "kuchini tekshirib ko'rdi". Va nihoyat bahsning 14-daqiqasida "mastiflar" hisobni ochishdi. Barakning uzatmasidan so'ng, Simeone raqiblar darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. Biroq "Napoli" zudlik bilan tempni oshirdi va 18-daqiqadayoq muvozanatni tikladi. Ruis to'pni Di Lorencoga tashlab berdi va golkiper italiyalik futbolchi zarbasi oldida ojiz qoldi. Ko'p o'tmay, "Napoli" hisobda oldinga chiqib olishi ham mumkin edi. Politanoning faolligidan so'ng, to'p Osimxenga etib bordi. Hujumchi imkon topishi bilan zarba berdi va ustunni nishonga oldi. "Verona" esa tanaffusgacha boshqa faollik ko'rsatmadi.

Ikkinchi bo'limda "Napoli" metodik jihatdan tashabbusni o'z qo'liga oldi. Jamoa hujumkor o'yinchilarning individual harakatlari evaziga vaziyatlar yarata boshladi. Biroq "Verona" ham yaxshi hujum uyushtirdi: Barakning zarbasini Ospina biroz qiyinchilik bilan qaytardi. O'yin so'ngiga yaqin Bessa qo'pol fol uchun o'yindan chetlatildi, biroq Spalletti shogirdlariga bu yordam bermadi. Jamoa hujum qilishga harakat qilishi kerak edi, lekin bir qator xavfli standartlar hech qanday samara bermadi. SHunga qaramay, "Napoli" etakchi bo'lib qolmoqda. "Verona" esa A Seriya peshqadamlariga qarshi bahslarda matonat bilan jangovar ruhda o'ynashi tahsinga loyiqdir.


"Atalanta" "Kalyari"ni mag'lub etdi

"Bergamoliklar" autsayderga qarshi bahsni o'ta faol boshlashdi. 6-daqiqadayoq Sapata to'pni qanotga etkazib berdi, u erda esa Zappakosta raqiblarini dog'da qoldirib, Pashalichga pas berdi, Mario esa gol urdi va hisobni ochdi. SHundan so'ng, o'yin biroz tinchlandi. Godindan to'pni qabul qilib olgan Joao Pedro hisobni tenglashtirdi. Bu gol "Atalanta"ni jonlantirib yubordi va jamoa dadillik bilan hujum qila boshladi. Tanaffus arafasida Kopmeyners jarima maydonida Sapataga to'pni oshirdi, Duvan esa imkoniyatidan unumli foydalanib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

2-taym boshida Raul Bellanovada yaxshigina xavfli vaziyat bo'ldi, ammo to'p darvoza tepasidan o'tib ketdi. "Atalanta" safida Zappakosta juda faol o'ynadi, mezbonlar darvozasi yonida bir necha bor xavfli vaziyatlar yaratdi. Ana shunday hujumlardan birida uning uzatmasidan keyin Pashalichga nisbatan qoida buzildi, ammo takroriy lavhada ayon bo'ldiki, Godin ideal tarzda birinchi to'pga o'ynagandi. Zaxiradan maydonga tushgan Ilichich ham faol harakatlandi va bir necha bor Kranoni havotirga soldi. "Kalyari" esa qolgan vaqt davomida uncha ko'p xavfli vaziyatlar yarata olmadi. Natijada, "Atalanta" Sardiniyadagi muhim g'alabasini qo'lga kiritdi va kuchli to'rtlikda bormoqda, "Kalyari" esa murabbiyni o'zgartirish haqida yana o'ylab ko'rishi kerak, shekilli.

SHuningdek, "Lacio" "Salernitana"ni yirik hisobda tor-mor etdi (3:0), "Udineze" "Sassuolo"dan kuchliroq chiqdi (3:2), "Empoli" va "Jenoa" (2:2) durang qayd etishdi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика