Peshqadamlar jangi: “Real Sosedad” – “Atletiko” va 15-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi
22 dek 2020 12:00
Yangiliklar


Peshqadamlar jangi: “Real Sosedad” – “Atletiko” va 15-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi
“Boxing day” atalmish janglarni esga olganimizda beixtiyor futbolga bo'lgan muhabbatimiz oshib boraveradi. Ispaniya chempionatining 15-tur uchrashuvlari ham haftaning seshanba oqshomidan start oladi. 2-3 kun avva o'yin o'tkazgan jamoalar yana maydonda saf tortishadi, xullas buyog'iga jang! Kecha dushanba edi va tabiiyki ish jarayonlari bilan bo'lib 14-turda nimalar bo'lgani yodingizdan ko'tarilgan bo'lishi mumkin. Biz esa sizga o'tgan turni birrov eslatib o'tamiz.
“Atletiko Madrid” peshqadamlikni o'zida saqlab qoladigan bo'ldi. “Elche”ga qarshi uchrashuvda madridliklar 3:1 hisobida g'alabaga erishishdi. “Real Sosedad”ga nima bo'lyapti? Jamoaning mavsum avvalidagi ishtiyoqi qayoqqa yo'qoldi? O'tgan turda “Levante” mehmoni bo'lgan jamoa mag'lubiyatga uchradi (2:1). Biz markaziy deya baholagan o'yin – “Barselona” – “Valensiya” uchrashuvida esa jangovar durang qayd etildi, 2:2. Madridning “Real”i esa o'z muxlistlarini quvontirishda davom etmoqda. 14-turda “Eybar” mehmoni bo'lgan jamoa 1:3 hisobida g'alaba qozonib, 3 ochko egasi bo'ldi.
Bizni oldinda kutayotgan 15-tur o'yinlari anonsi bilan esa quyida tanishishingiz mumkin.
Tur bezagi: “Valensiya” – “Sevilya”
14-turda har ikki jamoa ham durang o'ynadi. “Valensiya” Kataloniyadan bir ochko bilan ortga qaytgan bo'lsa, “Sevilya” o'z uyida autsayder “Valyadolid” bilan 1:1 hisobidagi duranga imzo chekdi. Mehmonlar ayni vaqt turnir jadvalida 20 ochko bilan, 7-o'rinni band etib turishgan bo'lsalar, valensiyaliklar 15 ochko bilan 13 o'rinda. Ushbu o'yindagi mezbon jamoa vakillari mag'lub bo'lishsa pastka qulashda davom etaveradi. Aslida ochko ikki jamoa uchun ham suv va havodek zarur. 22 dekabr, soat 21:30 da bo'lib o'tadigan o'yin barchasiga oydinlik kiritib beradi.
O'zaro o'yinlar: La Liga doirasida o'tkazilgan 150 o'yindan 69 tasida “Valensiya”, 54 tasida “Sevilya” jamoasi g'olib bo'lishgan. 27 o'yinda esa tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi.
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari:
Kevin Gameyro, Yasper Sillessen, Ugo Gilyamon, Toni Lato (“Valensiya”). Serxio Eskuredo, Tomash Vatslik, Munir El-Xaddadi (“Sevilya”).
Valencia |
LaLiga . 15-tur 22/12/2020, 21:30 1
:
0
Tugadi
|
Sevilla Suso - 81' |
Stadion: Estadio Mestalla, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Valentin Pizarro
Markaziy o'yin: “Real Sosedad” – “Atletiko Madrid”
O'tgan tur oldidan turnir jadvalidagi 3 jamoaning ochkolari bir xil – 26 tadan edi. Yuqorida 14-turni eslaganimizda sosedadliklarning mag'lub bo'lishganini hamda “Atletiko”ning g'alabaga erishganini takidladik. Natijada esa “Real Sosedad” madridliklardan 3 ochko orqada. 2-pog'onada ketayotgan “Real Madrid”da ham 29 ochko mavjud. Ushbu o'yindag asosiy intriga mezbonlarning g'alabasi ularni raqiblari bilan bir xil ochko to'plashlariga imkoniyat bersa, madridliklarning mag'lubiyati ularni 1-o'rindan tushirib yuborish ehtimoli mavjudligi. SHularning o'zi bu o'yinni 15-tur markaziy bahsiga aylantirishi tabiiy. 22 dekabr 23:45 da start beriladigan o'yinda haqiqiy jang kechishi aniq.
O'zaro o'yinlar: Jami o'tkazilgan 144 o'yindan 71 tasida “Atletiko Madrid”, 44 tasida esa “Real Sosedad” g'alabaga erishgan. 29 bahs esa durang bilan yakunlangan.
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari:
Aser Ilyarramendi, Adnan Yanuzay, Arits Aranbarri, Mikel Oyarsabal, Luka Sangali, Xon Aldalur, Migel Anxel Moyya, Arits Elustondo, David Silva (“Real Sosedad”). Ektor Erera, Ivo Grbich (“Atletiko Madrid”).
Real Sociedad |
LaLiga . 15-tur 22/12/2020, 23:45 2
:
0
Tugadi
|
Atletico Madrid Mario Hermoso - 49', Marcos Llorente - 74' |
Stadion: Reale Seguros Stadium, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Guillermo Cuadra
Quvnoq kechishi kutilayotgan o'yin: “Vilyarreal” – “Atletik Bilbao”
So'nggi turda ikki jamoaning ham g'alaba erishganini ko'rib shunday nom tanladik ushbu bahsga. “Vilyarreal” “Osasuna”ni, “Atletik B” esa “Ueska”ni mag'lub etib ochkolarini ko'paytirib olishdi. “Atletik Bilbao” agar bu bahsda 3 ochko yo'qotgudek bo'lsa ularni xavfli zonaga tushib ketish ehtimollari ham mavjud bo'lib qoladi. “Vilyarreal”ning g'alabasi esa jamoani “kuchli uchlik”ka kirishiga zamin yaratishi mumkin. Albatta, bu boshqa bir bahsga ham bog'liq, biroq bu o'yin ham o'ziga yarasha qiziq, quvnoq hamda gollarga boy bo'lish ehtimoli bor. 22 dekabrdan 23 dekabrga o'tar kechasi 02:00 da bo'lib o'tadigan mazkur o'yin shirin uyqudan kechishga arziydi.
O'zaro o'yinlar: Ushbu bahs La Liga doirasida o'zaro 41 o'yin bo'ladi. Bungacha bo'lgan o'yinlarning 17 tasida “Vilyarreal”, 11 tasida “Atletik Bilbao” g'olib bo'lgan. 12 bahs esa durang bilan yakuniga etgan.
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari:
Pako Alkaser, Alberto Moreno, Francis Koklen, Karlos Bakka, Visente Iborra (“Vilyarreal”). Peru Nolaskoayn (“Atletik Bilbao”).
Villarreal Yeremi Pino - 74' |
LaLiga . 15-tur 23/12/2020, 02:00 1
:
1
Tugadi
|
Athletic Bilbao Inaki Williams - 19' |
Stadion: Estadio de la Ceramica, 0 tomoshabin
Bosh hakam: David Medie
Autsayder “Valyadolid” omadsizliklarga uchrayotgan “Barselona”ga qarshi
23 dekabrga o'tar kechasi soat 02:00 da bo'lib o'tishi rejalashtirilgan mazkur o'yinning eng qiziq tomoni xavfli zonada yurgan “Valyadolid” o'z maydonida bu mavsum ochko yo'qotishlarga ko'nikib qolgan “Barselona”ga qarshi o'ynaydi. “Valyadolid” 14-turda “Sevilya” bilan mehmondagi bahsda 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkan. Kataloniyaliklar esa “Valensiya”ni enga olmadi. Quyi o'rinlardan yuqoriga intilayotgan maydon egalari mazkur o'yinda ham ochko olish, balki g'alaba qozonishga intilishadi. Biroq Ronald Kuman shogirdlari ham bunga tinchgina yo'l qo'yib berishmaydi.
O'zaro o'yinlar: Jami o'tkazilgan 89 o'yindan 59 tasida “Barselona”ning qo'li baland kelgan. 14 bahs esa “Valyadolid” g'alabasi bilan yakunlagan. Yana 16 uchrashuvda esa tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan.
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari:
Xoakin Fernandes, Kiko Olivas, Saydi Janko (“Valyadolid”). Ansu Fati, Serxi Roberto, Jerar Pike, Usman Dembele (“Barselona”).
Real Valladolid |
LaLiga . 15-tur 23/12/2020, 02:00 3
:
0
Tugadi
|
Barcelona Clement Lenglet - 21', Martin Braithwaite - 35', Lionel Messi - 65' |
Stadion: Estadio Jose Zorrilla, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Mario Melero
Mag'lubiyat nimaligini bilmayotgan “Real Madrid” “Granada”ga qarshi
O'yin afisha jihatdan biroz engil ko'rinar, lekin raqamlar gapiganda intriga oshib boraveradi. “Granada” hozirgi kunda “Barselona” bilan bir xil: 21 ochko to'plagan holda 6-pog'onani band etib turibdi. Madridliklar esa “Atletiko”ni quvish bilan ovora. Garchi ochkolar bo'yicha teng bo'lishsa ham, o'yinlar soni bo'yicha “Atletiko” yaxshi natijaga qayd etgan. “Real Madrid” esa o'z maydonidagi o'yinda ochko yo'qotmagan taqdirda ham 1-o'ringa chiqishlari uchun “Real Sosedad” Madridning boshqa bir klubini engishi kerak bo'ladi. 23 dekabr 23:45 da boshlanadigan bahs qiziqarli kechishi shubhasiz.
O'zaro o'yinlar: 48 o'yin o'tkazilgan ikki jamoa o'rtasida. SHularning 34 tasida “Real Madrid”, 6 tasida esa “Granada” g'olib bo'lga. 8 o'yinda jamoalar 1 ochkoga ega chiqishgan.
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari:
Isko, Vinisius Junior (“Real Madrid”). Anxel Montoro, Neyder Losano, Viktor Dias, Kini, Fede Viko (“Granada”).
Real Madrid Casemiro - 57', Karim Benzema - 90' |
LaLiga . 15-tur 23/12/2020, 23:45 0
:
2
Tugadi
|
Granada |
Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Juan Martinez
SHuningdek, 15-turda quyidagi o'yinlar ham o'tkazilishi rejalashtirilgan:
22.12 21:30 (Toshkent vaqti) “Elche” – “Osasuna”
22.12 23:45 (Toshkent vaqti) “Ueska” – “Levante”
23.12 21:30 (Toshkent vaqti) “Xetafe” – “Selta”
23.12 02:00 (Toshkent vaqti) “Betis” – “Kadis”
23.12 02:00 (Toshkent vaqti) “Alaves” – “Eybar”
Yangi yil yaqin! Mazkur bahslardagi ko'rsatiladigan o'yinlar ham yangi yilga sovg'a bo'lishi mumkin. Sovuq qish kunlarida yoqimli tomosha tilaymiz sizga, qadrli futbol ishqibozlar!
Og'abek Samisov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar