Peru - JCH-2018ning eng so'nggi ishtirokchisi!

Narzulla Saydullayev
16 noya 2017, 09:08
JCH-2018 saralashi doirasidagi Peru – Yangi Zelandiya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 28-daqiqsida Jefferson Farfan hisobni ochdi. Ikkinchi taym o'rtalarida esa Kristian Ramos farqni oshirdi - 2:0. Uchrashuvda hisob boshqa o'zgarmadi va Peru 2018 yilgi Jahon chempionatining eng so'nggi ishtirokchi jamoasiga aylandi.


Peru – Yangi Zelandiya 2:0
16 noyabr, 07.15, Estadio Nacional del Peru
Gollar: 
1:0 – 28 Farfan, 2:0 – 65 Ramos.
Peru – Galese, Ramos, Trauko, Advinkula, Rodriges, Kueva (Sela, 86), Tapiya, Polo (Karrilo, 74), Farfan, Flores, Ruidias (Yotun, 66).
Yangi Zelandiya –    Marinovich, Rid, Dyurent (Brokki, 77), Uinn, Boksell, Lyuis (Roxas, 59), Kolvi, Tuiloma (Vud, 46), Tomas, Barbaruses, Makglinchi.
Ogohlantirishlar: Tomas (19), Flores (22), Ramos (75), Galese (80).
Birinchi o'yin – 0:0

Rossiyadagi jahon chempionatida ishtirok etadigan barcha 32ta terma jamoa bilan tanishing:

Osiyo: Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Avstraliya.
Yevropa: Rossiya (mezbon), Belgiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Polsha, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya, Shveytsariya, Xorvatiya, Shvetsiya, Daniya.
Janubiy Amerika: Braziliya, Urugvay, Argentina, Kolumbiya, Peru.
Shimoliy Amerika: Kosta-Rika, Panama, Meksika.
Afrika: Misr, Senegal, Marokash, Tunis, Nigeriya.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia