Peru terma jamoasi futbolchisi penaltidan gol urolmagach, faoliyatini yakunladi
14 iyu 2022 22:08
Yangiliklar
Peru terma jamoasi futbolchisi penaltidan gol urolmagach, faoliyatini yakunladi
Peru terma jamoasi himoyachisi Luis Advinkula kecha Avstraliyaga qarshi JCH-2022 saralash bosqichi uchrashuvida penaltilar seriyasida (4:5) hal qiluvchi penaltidan unumli foydalana olmadi.
Tajribali futbolchi o'yindan so'ng faoliyatini tugatganini malum qildi.
"Avvalambor, oilam, do'stlarim va butun Peruga ahlidan kechirim so'rayman. Mag'lubiyat uchun to'liq masuliyatni o'z zimmamga olaman. SHu ondan boshlab milliy jamoadan ketyapman. Menimcha, bunday holatdan chiqib ketish uchun menda kuch yo'q. Hammasi uchun hamkasblarimga katta rahmat va sizni bunday tushkun vaziyatga tushirganim uchun uzr", – dedi Advinkula.
Fikrlar