"Persepolis" hujumchisi Portugaliya klubiga ko'chib o'tdi
02 okt 2020 11:24
Yangiliklar


"Persepolis" hujumchisi Portugaliya klubiga ko'chib o'tdi
"Persepolis" safida yorqin o'yin namoyish etib kelgan Ali Alipur jamoa safida ko'rinmay qolgandi.
Malum bo'lishicha, ushbu hujumchi Portugaliya klubi "Maritimu" bilan shartnoma imzoladi. Uning shartnomasi 2 yilga mo'ljallangan. Aslida bu o'tish sentyabr boshida amalga oshishi lozim edi, biroq viza sababli biroz kechiktirildi va yaqinda Alipur Portugaliyaga jo'nab ketdi.
Ali Alipur Eron chempionatining 2017/18 yilgi mavsumida 24ta gol bilan to'purarlar poygasida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan. Uning yangi jamoasi "Maritimu" o'tgan mavsumni 11-o'rinda yakunladi.
O’xshash yangiliklar
23:17
Eron kubogi. "Istiqlol" "Sanat Naft"ni mag'lub etib, finalga chiqdi, Masharipov zaxirada qoldirildi 4

Fikrlar