Perishich bugun "Bavariya" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda
12 avg 2019 18:52
Yangiliklar
Perishich bugun "Bavariya" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda
"Inter" klubi xavbeki Ivan Perishich "Bavariya" uchun tibbiy ko'rikdan o'tish maqsadida Myunxenga keldi.
30 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi bugun nemis klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Qayd etish kerakki, myunxenliklar xorvatiyalik futbolchini keyingi yilda 20 million evro evaziga sotib olish imkoniyati bilan 5 million evroga ijaraga olishadi.
Perishich Milan klubiga 2015 yilda "Volfsburg"dan o'tgan. Futbolchining "Inter" klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi yakunlangan mavsum Italiya klubi safida 34ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar