Peres: “Basketbolda ko'pdan beri Evroliga bor. Futbolda nega bo'lmasligi kerak?”

Eldor Akmurzayev
22 apr 2021, 21:54
“Real” prezidenti Florentino Peres Yevropa Superligasini yaratish fikridan qaytmagan.

Ispaniyalik funkcioner musobaqa g'oyasini 20 yildan beri muvaffaqiyatli o'tkazib kelinayotgan basketboldagi Evroligaga qiyosladi.

“Basketbolda bu uzoq vaqtdan beri normal davom etmoqda. Ispaniya chempionati esa Evroliga bilan parallel ravishda o'tkaziladi va buning hech qanday yomon tomoni bo'lmayapti.

Evroligani Gretsiya, Turkiya, Rossiya klublari yaratgan. “Bavariya”da basketbol jamoasi ham bor va ular Evroligada o'ynaydi.

Xo'sh, muammo nimada? Futbol basketboldan farq qiladimi yoki men tushunmaydigan boshqa sabab bormi? Bu juda muhim: basketbolda shu kabi liga yaratilgan va muxlislar shikoyat qilmayapti. Evroliga Yevropa basketbolini qutqardi”, deydi Peres.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Eurohoops