So’nggi yangiliklar

07:55Флик мавсум ҳақида: “Мавсумдаги энг ёқимли лаҳзалар? “Реал“га қарши тўртта классико“  3 07:28Суперлига. Бугун 10-турга старт берилади  0 02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  50 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  4 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  8 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  7 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  10 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9

Per-Emerik Obameyang: "Borussiya"dan yaxshiroq klub yo'q" Yangiliklar

Per-Emerik Obameyang: "Borussiya"dan yaxshiroq klub yo'q"

Joriy mavsum “Borussiya”ning Bundesligadagi to'purariga aylangan Per-Emerik Obameyang barchada iliq taassurot qoldirdi.

Gabonlik hujumchi “RN” nashriga bergan intervyusida oldinda kutayotgan kubok finali haqida va boshqa savollarga javob qaytardi.


- To'purarlik uchun kurashda siz bilan bahslashayotgan Roberta Levandovski sobiq jamoadoshingiz sanaladi. U bilan muloqot qilishda davom etyapsizmi?

- Robert Levandovski ajoyib hujumchi. U deyarli har o'yinda gollar urib, mening tin olishimga yo'l qo'ymadi. U bilan muloqot qilib turamiz. Bazida o'zaro yozishib turamiz.


- Qanday gaplashasiz? Siz 2 gol urganda va u to'p kiritmagan turda jahli chiqsa kerak?

- (kuladi) Bunday emas. Biz futbol to'g'risida suhbatlashmaymiz.


- Uni bir necha so'zlar bilan tariflang.

- Uni tariflashga ko'p so'z kerak emas. Fikrimcha, u jahonning eng yaxshi hujumchisi.


- Mavsum oldidan chempionatda 20 gol urish maqsadingiz ekanini aytgandingiz. O'rningizda boshqa hujumchi bosim ostida qolgan bo'lardi. Siz esa aksincha tetik va quvnoq ko'rindingiz.

- Bosim ostida qolishim mumkin edi, ammo men uchun raqamlar ishtiyoqimni uyg'otish yo'li. Oldimga shunday maqsad qo'ygandim. Nega bu haqida savol berishganda jimlik saqlayman? Qarshimda turgan maqsad bosim o'tkazmaydi. O'zimga ishonaman. Lekin maqsad qo'yganda unga etishish kerak. Aks holda, odamlar etiroz bildirishadi.


- Deyarli har uchrashuvda gol urasiz. Bu qachondir oddiy narsaga aylanib qoladimi?

- Yo'q, bunday bo'lishi mumkinmi? Gol urish hamisha yoqimli. Birinchi bo'ladimi yoki yuzinchimi, farqi yo'q. Hujumchi gollar uchun maydonga chiqadi, ular sababli har kuni mehnat qiladi. Har golimdan so'ng salto qilaman. Odamlar jarohat olishim mumkinligini aytishadi, lekin men hushyorman. Saltoni yuz yildan beri amalga oshirib kelaman. Ilk bor buni 5 yoshimda qilganman.


- Murabbiy bilan munosabatingiz qanday?

- Bir-birimizga ishonamiz. Birinchi uchrashuvdayoq til topishganmiz. U menga darhol yoqib qoldi. Tez-tez men bilan suhbatlashadi. To'pga ko'proq egalik qilayotgan yangi uslubimiz menga mos tushadi. Hujumkor futbol ko'rsatishni boshladik. Bu menda ko'proq golli imkoniyatlar bo'lishini bildiradi. Aks holda, buncha ko'p gol ura olmasdim.


- Tuxel sizni ishga professional qarashingiz uchun ko'p maqtaydi. Sizni g'alati turmaklar, kiyimlar va avtomobillar sababli etarlicha baholashmagandek tuyulmaydimi?

- Ehtimol. Qanday bo'lsam, shundayman. Agar futbol o'ynamaganimda ular faqat o'sha narsalar haqida gapirgan bo'lishardi. Bu shaxsiyatimning bir qismi xolos. Maydonga tushganimda doim bor kuchimni beraman. Bo'sh vaqtimda esa o'z ustimda ishlayman. Hamisha jismonan eng yaxshi holatda bo'lishga intilaman, garchi buni hech kim ko'rmasa va gapirmasa ham.


- Nimaga katta etibor berasiz?

- Uyquga. Yaqinda fizioterapevtimiz menga ertalabki 10gacha uxlashim kerakligi haqida ko'rsatma berdi. Bu men uchun juda erta. Unga bir soat ko'proq uxlashim mumkinligi haqida xabar yozdim. To'g'risi, juda ko'p uxlayman. Ishlayman, futbol o'ynayman va uxlayman. Bu erga kelishdan avval ham uxladim va shu sababli intervyuga ozroq kech qoldim.


- Hazil va quvnoqlikni sevishingiz ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizda sezilib turadi.

- Ha, bazida axmoqona ishlarni qilaman. Klub matbuot kotibidan “Gannover”ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmasligimni vaqtli elon qilganim tufayli ogohlantiruvchi xabar oldim.


- SHunga qaramay, diqqat markazida bo'ldingiz.

- Ha, shunday. Uydan chiqishga tayyorlandim. Qora kiyimda edim. SHunda rafiqam yonimga kelib, kiyimim joyida emasligini aytdi. U oq rangdagi kiyimni keltirdi va bu menga tos tushdi.



- Nomingiz transfer shov-shuvlarida keltiriladi. Ularda qancha summa keltirilayotgani sizni ajablantirmaydimi?

- Hozir futbolda astronomik summalar aylanmoqda. Har kuni maqolalarni o'qishdan mano yo'q. Pullar men uchun eng muhim narsa emas.


- Xans-Yoaxim Vacke “Borussiya” 100 million evrodan ortiq taklifdan bosh tortmasligini takidladi.

- Bilishimcha, Vacke shuncha pul taklif etilsa ham meni sotishga rozi bo'lmaydi. U “Borussiya” men bilan hamkorlikni davom ettirishini istashini aytdi. Klub muvaffaqiyat ishqida yonmoqda. Men ham.


- Buncha pulga kimlarni taklif etgan bo'lardingiz?

- Bilmayman. Messi v Ronalduni buncha pulga ololmaysan.


- Balki, Marko Roysnidir?

- Marko ajoyib futbolchi va eng yaxshi do'stim. Unga eng yaxshi tilaklarni bildiraman. Markoda har yili top-klublardan takliflar bo'ladi, ammo u ona shahri va “Borussiya”da qolishni afzal ko'radi. Uning ishi har qanday summadagi puldan qimmat turadi. U jamoada baxtli.


- “SHalke” darvozasiga urilgan golni u bilan birga Robin va Betmen niqobida nishonlagan jdingiz. Sizlarga bir paytda bunday fikrlar keladimi?

- Ha, shunday. Nimalardir o'ylab topamiz. Hozircha biror yangicha nishonlashga qaror qilmadik. Qandaydir yangilik qidiryapmiz. Biror narsa amalga oshiramiz, bunga vada beraman.


- Agar “Borussiya” Germaniya Kubogi finalida zafar quchsa, buni qanday nishonlaysiz?

- Betmobilda Borzigplatc atrofini aylanaman (kuladi).


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика