Pepe, David Luis, Sebalos singari futbolchilarni safiga qo'shib olgan "Arsenal"ning yangi mavsumdagi maqsadlarini bilasizmi?
09 avg 2019 20:35
Yangiliklar


Pepe, David Luis, Sebalos singari futbolchilarni safiga qo'shib olgan "Arsenal"ning yangi mavsumdagi maqsadlarini bilasizmi?
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri 2019/2020 yilgi mavsum olidan klubning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari haqida aytib o'tdi.
"Biz uchun eng muhim musobaqa bu Angliya Premer-Ligasi. SHuning uchun, maksimal imkoniyatlarimizni ishga solamiz. 38 ta turning barchasida barqaror o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Asosiy maqsadimiz, ECHLga yo'llanma beruvchi kuchli to'rtlikka kirish. "Manchester Siti" va "Liverpul" qolgan jamoalardan kuchliroq, lekin ular bilan tengma-teng kurashishni istaymiz. Ularga qarshi o'yinlarning barchasida ko'proq ochko olishimiz mumkin. Kuchli to'rtlikka kirish uchun ishlaymiz va harakat qilamiz", - deydi Emeri.
Qayd etish kerak, yozgi transferlar oynasida 40 mln funt ishlatishi kutilayotgan "Arsenal" 138 mln funtlik xarajat qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar