Pepe 4-6 hafta maydonga tusha olmaydi

Nadirkhuja Yuldashev
31 okt 2016, 19:43
"Real" futbolchisi Pepe "Atletiko"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinni o'tkazib yuboradi.


Bu haqida klub rasmiy sayti xabar qilmoqda.

Futbolchi "Alaves"ga qarshi o'yinda chap oyog'idan olgan jarohati sababli 4 haftadan 6 haftagacha bo'lgan muddat ichida futbol o'ynay olmaydi. 

Shu tariqa, Pepe 19 noyabr kuni bo'lib o'tishi kutilayotgan Madrid derbisida ishtirok eta olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: realmadrid.com