Pepe 2-3 hafta maydonga tusha olmaydi
07 avg 2015 19:30
Yangiliklar
Pepe 2-3 hafta maydonga tusha olmaydi
Real himoyachisi Pepening o'ng oyog'i mushaklari bilan muammo paydo bo'ldi.
Portugaliyalik futbolchi chorshanba kuni Bavariyaga qarshi o'yinda (0:1) jarohat oldi.
Marca nashri xabariga ko'ra, 32 yoshli futbolchi 2-3 hafta davolanadi. Uning Ispaniya chempionatining ilk turida Sportingga qarshi bahsda (23 avgust) maydonga tushishi so'roq ostida.
Fikrlar