Pep Gvardiola UEFA Superkubogini yutgach o'z fikrlarini bildirdi
17 avg 2023 08:14
Yangiliklar
Pep Gvardiola UEFA Superkubogini yutgach o'z fikrlarini bildirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvarodiola UEFA Superkubogida "Sevilya" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Sevilya" o'z-o'zidan UEFA Superkubogiga chiqib qolgani yo'q. Biz to'lig'icha g'alabaga loyiq edik deb o'ylayman. Ederson bir necha marotaba qutqarib qoldi. O'tgan hafta "Arsenal" bilan o'yinda biz penaltilarda yutqazgandik, bu safar esa yuta oldik.
Oldinlari jamoa ko'p sovrin yutavergach, motivaciya yo'qligi borasida muammo yuzaga kelganidek ko'rinardi. Ammo bugun buni his qilmadim. Sovrin yuta olganimizdan juda xursandmiz", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar