So’nggi yangiliklar

11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  0 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  8 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  1 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  2 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  1 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  4 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  2 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  2 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  34 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  15 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  4 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0

Pep Gvardiola ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

Pep Gvardiola ishtirokidagi matbuot anjumani

Bugun UEFA CHempionlar ligasi yarim finali doirasida "Barselona" va "Bavariya" bahsi bo'lib o'tadi.
Ushbu uchrashuvdan oldin "Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola, darvozabon Manuel Noyer va yarim himoyachi Xabi Alonso ishtirok etdi:

Gvardiola:

"Bu o'yin men uchun o'zgacha ahamiyatga ega ekanligini tushunishingiz kerak, chunki "Barselona" 30 yil davomida mening uyim bo'lgan, ammo hozirda "Bavariya" murabbiyiman va o'z vazifamni bajarishim kerak.

Biz Messini to'xtatib qola olmaymiz, "Bavariya" faqat unga oshirilgan yoki Leodagi to'plarni olib qo'yishga harakat qilamiz.

So'nggi yillarda CHempionlar ligasida hech kim to'pga egalik qilish bo'yicha "Barselona" kabi natija qayd etmayapti. Germaniya va Evropada biz ko'proq to'p bilan harakat qilamiz, ammo "Kamp Nou"da bu vazifani uddalash qiyin bo'ladi.

Birinchi uchrashuvda gol urmay, raqibni Myunxenda mag'lub etishimiz va finalgacha etib borishimiz qiyin bo'ladi. Himoyadagi o'yindan doimo foyda chiqmaydi.

Agar jarohatlanganlar o'rnini to'ldira olmaganimizda Germaniya Bundesligasida ham g'alaba qozona olmagan bo'lar edik. Yo'qotishlarni bahona qila olmayman.

Levandovski shug'ullanyapti, u bilan suhbatlashib ko'raman. Agar Robert 100% tayyor bo'lsa, uni maydonga tushiraman.

Tyagoga keladigan bo'lsak, u "Kamp Nou"ga qaytganidan xursand. Bu er ikkalamizning ham uyimiz".



Xabi Alonso:

"Men "Kamp Nou"da ko'p uchrashuvlarda maydonga tushganman, ammo "Bavariya" safidagi o'yin boshqacha bo'ladi. Ertaga bizga yuklatilgan vazifani uddalaymiz deb umid qilaman.

Bu er Gvardiolaning uyi hisoblanadi, ammo o'rtaga final tikilgan".




Manuel Noyer:

"Men doimo o'yinga va hujumchilarga qarshi tayyorgarlik ko'raman. Bu uch hujumchini ham to'xtatib qolsa bo'ladi.

Ertaga darvozani quruq saqlashga harakat qilamiz, chunki bu juda muhim. "Barselona"ga qarshi uchrashuvda himoyaviy o'yin namoyish etmaymiz.

Ter SHtegen ajoyib darvozabon va oyoqda yaxshi o'ynaydi. U bilan yaxshi munosabatdaman va hamkasbimga omad tilayman. Ter SHtegen va Bravo juda yaxshi posbonlar".


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика