Pep Gvardiola Evropaning va Angliyaning eng kuchli jamoalari nomini aytdi
01 mar 2021 23:16
Yangiliklar


Pep Gvardiola Evropaning va Angliyaning eng kuchli jamoalari nomini aytdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasining ketma-ket 20 o'yinlik g'alabali seriyasi haqida gapirdi.
"Erishganlarimizdan mamnunman, buni tan olmaslikning iloji yo'q. Bu natijaga oldin hech kim erishmagan bo'lsa, demak, bu qiyin vazifa bo'lgan.
Ammo asosiysi - sovrinni boshi uzra baland ko'tarish. Ammo hozir divanda yotib olib, barchasi ajoyib deyishdan mano yo'q. Eng yaxshi jamoa bo'lish uchun ko'p ishlash kerak.
Evropaning eng kuchli jamoasi - "Bavariya". Ular barcha sovrinni yutishdi, demak, eng zo'rlari ular. Angliyada esa eng yaxshi jamoa - "Liverpul". Ular chempion bo'lishdi, demak, eng zo'rlari.
Agarda toj kiyishni istasang, g'alaba qozonishing kerak. Fevral yoki mart oyida hech kim chempion bo'lmaydi. Yig'gan 36 ochkoni yo'qotib yuborish hech gap emas. Raqiblar juda kuchli", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar