Pep Gvardiola: "Biror bir o'yinchini Ronaldu yoki Messi bilan solishtirib bo'lmaydi"
13 sen 2019 20:45
Yangiliklar
Pep Gvardiola: "Biror bir o'yinchini Ronaldu yoki Messi bilan solishtirib bo'lmaydi"
"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola Raxim Sterling manziliga bo'layotgan maqtovlarga izoh berdi.
"Manchester Siti" va Angliya termasi sobiq o'yinchisi Trevor Sinkler bir necha kun avval 24 yoshli angliyalik Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi darajasiga chiqib bo'lganini aytgandi.
"Sterling terma jamoa va "Siti"dagi o'yinlaridan xursandman. Umid qilamanki, u bunday narsalarni eshitmaydi va o'qimaydi. Lekin, Messi va Ronaldu bilan hech kimni solishtirib bo'lmaydi, hech kim.
Sterling Angliyaning eng yaxshi o'yinchisimi yoki yo'q buni bilmayman, bu siz jurnalistlarning ishingiz. Birgalikda ishlab kelayotganimiz uchun ayta olamanki, Raxim ishonib bo'lmas darajada mehnatsevar, juda yoqimli yigit, men undan xursandman", – deydi Gvardiola.
Fikrlar