So’nggi yangiliklar

23:53УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта" (матнли трансляция)  4 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  0 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  1 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  2 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  1 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  0 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  6 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  7 19:55Про-лига. "Дўстлик" "Олимпик Mobiuz" устидан ғалаба қозонди  2 19:35"Ал Қодисия" навбатдаги юлдуз футболчи билан келишувга эришди  7 19:15Olamsport: Баҳодир Жалолов ўзидан кейинги чемпион номини айтди, яна бир ўзбек спортчиси UFC билан шартнома имзолади  0

Penalty: Farhod Abdumavlonov: “Jahon chempionatida Braziliyaga qarshi o'ynamoqchiman” Yangiliklar

Penalty: Farhod Abdumavlonov: “Jahon chempionatida Braziliyaga qarshi o'ynamoqchiman”

Loyihamizning navbatdagi qahramoni sifatida O'zbekiston futzal terma jamoasi azosi Farhod Abdumavlonovni tanladik.

Xabaringiz bor, terma jamoamiz fevral oyida Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida finalga qadar etib borgan va o'z tarixida ilk bor Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

Matluba Sadullaeva: Qaerda tug'ilgansiz, ota onangiz haqida, bolalikda qanday bo'lgansiz?
Toshkent shahri Yunusobod tumanida tug'ilganman. Otam Toshkent Teleminorasida faoliyat olib boradilar. Onam esa ayni paytda nafaqadalar. Futbolga qiziqish 7-sinfdan boshlangan. Ungacha futbolda to'pni qo'lim bilan gol urardim (kuladi). Maktabda jismoniy tarbiya darslarida futbol o'ynardik. Keyin o'rtoqlarim futbolga qatnashni boshlashgan, meni ham chaqirishgan. 9-sinfga qadar “Don Sport” futbol maktabida o'ynaganman.

Narzulla Saydullaev: Birinchi murabbiyingiz Ayub aka va "Sahovat" jamoasi haqida gapirib bering.
“Don Sport” klubida aynan Ayub aka qo'l ostida o'ynaganman. Bu murabbiyning faoliyatimda katta o'rin tutadilar. Bu murabbiy bilan ishlash men uchun tarbiya maktabi bo'lgan. O'smirlar futbolini tugatgach ikkinchi liganing “Sahovat” klubida bir yil faoliyat olib borganman. Katta futboldagi oxirgi jamoam aynan “Sahovat” bo'lgan.


Matluba: Mamlakatimizda futzalga berilayotgan etibor haqida nima deya olasiz?
- O'zim 2010 yilda terma jamoaga ilk bor chaqiruv olganman. O'shanda Toshkentda Osiyo chempionati bo'lib o'tgan edi. Menimcha aynan o'sha musobaqadan keyin yurtimizda futzalga bo'lgan etibor ancha oshib ketdi. Milliy chempionatimiz saviyasi ham yaxshi darajada deya olaman. Bu yil Toshkentdagi Osiyo chempionati har tomonlama juda yuqori saviyada tashkil etildi. Terma jamoamiz ham finalga qadar etib bordi. Bu esa mamlakatimizda futzal sport turi jadallik bilan rivojlanib borayotganini ko'rsatib turibdi.

Narzulla: “Ardus”ga kim chaqirgan?
Aloqa sohasiga ishga kirganman. U erda ishchi xodimlar futbol emas futzal o'ynashardi. 2008 yil aloqachilar orasida futzal bo'yicha musobaqa bo'lib o'tgan. O'shanda SHahzod Bo'riev bilan birga bir jamoada o'ynardik. Bizni Aleksandr Petrov ko'rib “Ardus” jamoasiga taklif qilgandi. Ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tganimizdan so'ng klub bilan shartnoma tuzgandik. SHundan buyon futzal bilan professional tarzda shug'ullanib kelayapman. SHahzod ayni paytda “Ardus” sardori sifatida faoliyat olib borayapti. Bu jamoa bilan birga 3 marta O'zbekiston chempioni, 2 marta O'zbekiston kbuogi sohibi bo'ldim. Bundan tashqari 2012 yil klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati kumush medaliga ega chiqqanman. Bu klub safida Artur Yunusov, Konstantin Sviridov, Jamoliddin SHaripov, Dilshod Irsaliev kabi terma jamoamiz futbolchilari bilan o'ynaganman.

Matluba: Oilangiz haqida gapirib bering. Turmush o'rtog'ingiz bolalaringiz haqida.
- Turmush o'rtog'im bilan 2006 yil sinfdoshimning akasi uylanganida to'yda tanishib qolganman. 2009 yilga kelib to'yimiz bo'ldi va bir yil o'tib qizim tug'ildi. Turmush o'rtog'im gapimga quloq solishini hurmat qilaman (kuladi). Meni, yani sportchini tushunadi. Bir oy, ikki oy yig'inlarga ketganimda farzandlarimga bosh bo'lib o'tiradi. Qizim Jasmina 6 yoshda. Hozir gimnastikaga qatnamoqda. Agar kelajakda bu sport turi unga maqul kelsa bunga qarshilik qilmayman. O'g'lim Samir 2 yoshda.


Narzulla: BTA Futzal va SKA Yug klublaridagi faoliyatingizni yodga olamiz.
- Aleksandr Petrovga qozog'istonlik murabbiylar yangi klub ochilayotgani ularga murabbiy va 5-6 nafar legioner futzalchi kerakligini aytishgan. Petrov Javlon Anorov, SHuhrat Tojiboev, Oleg Xolmuhammedov, Dilshod Irsaliev, Konstantin Sviridov va meni yig'inga olib ketgandi. Kostya oilaviy sabablar tufayli Toshkentga qaytishga qaror qilgan. SHunday qilib besh nafar o'zbekistonlik o'yinchi “BTA Futzal” klubida faoliyat olib borgandik. 2012 yil Qozog'iston kubogi finaliga qadar etib borgandik. Qozog'iston chempionatida esa uchinchi o'rinni egallab bronza medallariga ega chiqqandik. Jamoada Petrov ham murabbiy bo'lib ishlagandi.  2013 yil Tarazning “SKA Yug” klubidan Jamoliddin SHaripov, Dilshod Irsaliev va menga taklif tushgandi. Klubda braziliyalik mutaxassis Eten murabbiylik qilgandi. Undan keyin bir mavsum davomida Astana shahrining CSKA klubida faoliyat olib borganman. Bu klub safida Associaciya kubogi sohibi bo'lganman. 2015 yildan yana “Ardus”ga qaytganman.

Matluba: Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin oila yoki futzalni tanlash kerak bo'lsa qanday yo'l tutasiz?
- Futzal bizning kasbimiz, shu orqali non eyapmiz. Lekin oila baribir muqaddas, shu bois oilani tanlardim. Biroq umid qilamanki kelajakda bunday tanlov bo'lmaydi va men uzoq vaqt futzal o'ynayman.

Narzulla: Qozog'istonda futzalga etibor qanachlik darajada? O'zbekistonning qo'shnilarimizdan o'rganadigan jihatlari bormi?
- 2012-2013 yillarda Qozog'iston chempionatida 10 ta klub ishtirok etardi. O'sha vaqtda saviya ancha yaxshi edi. Lekin ayni paytda 5ta klub qolganini eshitdim. U erda “Qayrat” klubi yaqqol kuchli. Bu klub nafaqat Qozog'istonda balki Evropada ham juda kuchli hisoblanadi. Qozog'iston terma jamoasi O'zbekistonga o'xshaydigan jamoa. Ularning safida braziliyalik futbolchilar bor. Darvozabon Igita jamoaning yarmi deb bemalol ayta olaman.

Matluba: Yaxshi futzalchi bo'lish uchun yana qaysi sport turi bilan shug'ullanish foydali?
Engil atletika, yugurish. Bundan tashqari shaxsan o'zimdan kelib chiqsam jismoniy holatimni meyorida ushlab turish uchun trenajer zallariga borib turaman. SHunday qilsam jarohatlar kam bo'ladi. Sog'ligim uchun uchun ham ancha foydali.


Narzulla: Iyul oyida klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'ladi. Unda “Olmaliq” ishtirok etadi. Biroq Jahon chempionatidan oldin klub emas terma jamoa sifatida borish varianti ham bor. Bunga qanday qaraysiz?
- Agar Aleksandr Petrov klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga terma jamoa yigitlarini taklif qilsa bundan xursand bo'lamiz albatta. Bu terma jamoa uchun ham ancha foydali bo'lardi. Lekin barchasini “Olmaliq” klubi va murabbiylari qabul qilishadi.

Matluba: Faoliyatingizdagi eng muhim o'yin, eng muhim gol, eng katta sovrin?
Eng muhim o'yin bu Tailandga qarshi yarim finaldagi bahs. Osiyo chempionati yarim finalida bu jamoani mag'lub etib finalga chiqqandik. Eng muhim gol Qozog'istonda bo'lgan. “BTA Futzal” safida “Tulpar” klubiga qarshi o'yinda bizga g'alaba zarur edi. O'shanda hisob 3:3 bo'lib turganida g'alaba golini urgandim. Eng katta sovrin? Jahon chempionati yo'llanmasi va Osiyo chempionati kumush medali.

Narzulla: Fevral oyida Toshkentda o'tgan Osiyo chempionati haqida so'ramasak bo'lmaydi.
- Dastlab Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynadik. Bu barcha uchun sirli jamoa edi. Dastlabki 3 daqiqada raqib ustunlik qildi, bir nechta vaziyatlar yaratishdi. Baxtimizga Rustam Umarov bor ekan, jamoamizni gollardan qutqardi. O'zimizga kelib gollar urib g'alabaga erishdik. Bu jamoaga qarshi o'yindagi g'alaba oson qo'lga kiritilmadi.

Qirg'iziston bilan 3ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgandik. Ularning barchasida g'olib bo'lgandik. Lekin qo'shnilarimiz doim syurpriz taqdim etishadi. Osiyo chempionatida taktik jihatdan raqibni taslim qildik. Himoyada yaxshi o'ynab qarshi hujumlardan unumli foydalandik.

Livan esa har bir Osiyo chempionatida bizga to'qnash keladigan jamoa, “eski tanish” desak ham bo'ladi. Pulpis raqibning o'yin uslubini yaxshi o'rganib chiqqandi va to'g'ri taktika tanlay oldik. 3-turdan oldin guruhdan birinchi o'rin bilan chiqib bo'lgandik, lekin murabbiyimiz bunday muxlislar qarshisida yarim kuch bilan o'ynashimizga yo'l qo'ymadi. Natija muhim bo'lmagan o'yinda ham muxlislar uchun g'alaba uchun o'ynadik.

Iroq jamoasi ham yaxshi jamoa. O'sha o'yindagi g'alaba Jahon chempionati yo'llanmasini berardi. Barchamiz masuliyatni his qilib bor kuchimizni berib o'ynadik va uzoq yillar davomida kutgan orzuga erishdik.

Yarim finalda Tailand bilan o'ynadik. Juda qiziqarli bahs bo'ldi. Qo'shimcha vaqtlarda hisobda ortda qolayotganimizda murabbiy beshinchi o'yinchini tushirdi. Buni mashg'ulotlarda sinab ko'rgandik, Tailand bilan bahsda esa buni amalda ko'rsatib berdik Artur Yunusov gol urib jamoamizni mag'lubiyatdan qutqarib qolgandi. Penaltilar seriyasida omad biz tomonda bo'ldi.

Eronga qarshi final o'yinidan oldin ko'pchilik 0:4, 0:5 hisobida yutqazishimizni kutgan ekan (kuladi). Sababi raqib juda kuchli edi. Biroq Eron bilan bahsda 3-4 daqiqa davomida gol o'tkazilmasa raqibning o'yini chiqmaydi. Finaldan oldin murabbiyimiz dastlabki daqiqalarda nima bo'lsa ham gol o'tkazmaslikni vazifa qilib qo'ydi. Bu vazifani barajdik, xatto biz gol ham urdik. CHempion bo'limizga ishonchim komil edi, biroq raqib ikkita xatodan so'ng gollar urib ketdi. Alamali mag'lubiyat bo'ldi...


Matluba: Osiyo chempionatidagi muxlislik haqida nima deya olasiz?
O, Muxlisar! Bu ajoyib edi. Sport markaziga 3000 ming odam sig'sa menimcha 10000 odam keldi shekilli. Tashqarida yana minglab muxlislar qolib ketishdi. Bizni qo'llab turgan barcha-barchaga katta rahmat aytaman. Ular bo'lmasa balki bunday natijaga erisha olmasdik. Muxlislar raqiblarimizga ham juda katta bosim qilib turishdi. Ularga besh ballik sistemada 10 ball qo'ygan bo'lardim.

Narzulla:  Xose Mariya Mendez haqida nimalar deya olasiz?
- Pulpis bilan 2012 yilgi Osiyo chempionatidan oldin tanishganman. U murabbiy ham psixolog hisoblanadi. Juda kuchli mutaxassis deya olaman. Taktik jihatdan kuchli murabbiy. U mayda detallarga ham etibor qiladi. Siz kutmagan narsalarni ham o'rganib chiqadi. O'zbekistonning Jahon chempionatiga chiqishida Xose Mariya Mendezning xissasi juda katta bo'ldi.

Matluba:  O'zingizni qaysi biriga xos deb bilasiz: Xolerik, flegmatik, melanxolik yoki sangvinik? Buni test orqali tekshirib ko'ramiz. (Rasmli testdan so'ng Farhod Abdumavlonov flegmatik ekanligi aniqlandi).
Flegmatik - tip fiziologik asosini kuchli, muvozanatlashgan va kam harakatlilik tashkil etadi. Ularda xotirjamlik, his tuyg'ularini tuta bilishlik, hatto eng qiyin vaziyatlarda ham xotirjamlikni saqlay olish xislatlari mavjud. Ularga qatiyatlilik va o'ta mehnatsevarlik xos. Ular meyorda muloqotga kirishuvchan, quruq gap sotishga moyil emas.

To'g'ri tarbiya qilinganda flegmatiklarda turg'unlik, qatiyatlilik, ishbilarmonlik hislatlari shakllanadi. Noto'g'ri tarbiyada esa ularda befarqlik, dangasalik, harakatsizlik, sustkashlik kabi sifatlar rivojlanadi.


Narzulla: O'zbekistonda qachon yosh bola katta bo'lsam futbolchi emas aynan futzalchi bo'laman deydi? O'zingiz ham yoshlikda futbolchi bo'lishga intilgansiz.
- Buning uchun birinchi navbatda futzal maktablari ko'proq ochilishi lozim. O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatining muntazam ishtirokchisiga aylanishi kerak. Kolumbiyadagi mundialda munosib ishtirok etib yosh bolalarda futzalga bo'lgan mehrni o'stirish kerak. SHunda balki kelajakda yurtimizdagi bolakaylar o'z oldiga katta bo'lsam futzalchi bo'laman deb maqsad qo'yadi.

Matluba: Tasavvur qiling siz jurnalistsiz, Luish Figuga qanday savol bergan bo'lardingiz?
- (kuladi) Yoshligimda meni Figu deyishardi. Demak faolyatimni o'rganib chiqqansizlar. Xo'sh unga “yoshligingizda ota-onangiz futbolchi bo'lishga qarshi bo'lishmaganmi” deb savol berardim. Figuning o'yinlarini ham ko'rardim. Portugaliya terma jamoasidagi o'yinlari, “Barselona” va “Real”dagi faoliyati yodimda.

Narzulla: Intervyularingizdan birida orzum Jahon chempionatiga chiqish degansiz. Orzu ushaldi. Yangi orzu paydo bo'ldimi?
- Yangi orzum Jahon chempionatida finaliga chiqish. Bunga erishish juda qiyin bo'lishini bilaman. Terma jamoamiz Kolumbiyada munosib qatnashishiga ishonaman. Medallardan birini qo'lga kiritsak biz uchun juda katta natija bo'lishi turgan gap.

Matluba: Jamoadoshlaringizni aytib o'tamiz. Siz ularga bitta so'z bilan tarif berasiz.
Dilshod Rahmatov - do'stim, Davron CHoriev – ukasi (kuladi), Jamoliddin SHaripov - asabiy, Artur Yunusov - hazilkash, Rustam Umarov - jiddiy, Bahodir Ahmedov – “o'rtoq”.

Bahodir aka qo'shtirnoq ichida o'rtoq, ular bilan juda ham yaqinmiz. Yoshligimda Bahodir akaning o'yinlarini ko'rib ularga havas qilardim. Bu futzalchi ko'plab Osiyo chempionatlarida ishtirok etgan, ularning natijasini takrorlashni istardim.


Narzulla: May oyida mundialga qura tashlanadi. Jahon chempionatida qaysi jamoaga qarshi o'ynashni istaysiz?
- Braziliya! SHu jamoaga qarshi o'ynab ko'rmoqchiman. Hisob yirik bo'lib ketishidan qo'rqmayman.

Matluba: Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?
- Muxlislarimizga futzalga qiziqib bizni qo'llab turishganiga rahmat. O'yinlarimizga kelishsin, ko'rishsin. Osiyo chempionatidagi muxlislik ajoyib bo'lgandi.

Narzulla: Ananaviy savol. Yodingizda qolgan penalti yoki penaltilar seriyasi.
- Tailand bilan o'yindan keyingi penaltilar seriyasi. Buni esdan chiqarib bo'lmaydi. O'z muxlislarimiz qarshisida finalga chiqib bayram qilgandik. Juda hayajonli damlar edi.

Matluba Sadullaeva va Narzulla Saydullaev suhbatlashdi
Foto: Tolibjon Qosimov


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика