So’nggi yangiliklar

16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  0 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  2 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10

Penalti to'g'ri bekor qilindimi? O'zbekiston - Eron uchrashuvi hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

Penalti to'g'ri bekor qilindimi? O'zbekiston - Eron uchrashuvi hakamlik faoliyati tahlili

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali muallifi) O'zbekiston – Eron (0:0) uchrashuvidagi bahsli epizodlar haqida fikr bildirdi.

Xardanining chetlatilishi:

- Hakamning qaroriga qo'shilaman. Eron termasi futbolchisi to'p uchun kurashga juda xavfli tarzda qo'shilmoqda va raqibining oyog'iga tepmoqda. U raqibining tayanch oyog'iga butsasining tag qismi bilan tegdi. Bu ham muhim faktor. Barcha kriteriyalar qizil kartochka demoqda.


Alijonovning penalti bo'yicha vaziyati:

- Hakamda penalti belgilash uchun asoslar bor, biroq etarlicha emas. Eron termasi futbolchisi to'p uchun o'ynashga harakat qildi va raqibini ko'rmadi, shu orqali uning beliga tegib yubordi. Penalti belgilash uchun faqatgina zarbaning kuchi muhim ahamiyatga ega emas - agarda himoyachi raqibining yuziga katta kuch bilan ursa, penalti uchun asos etarlicha bo'lardi. O'zbekiston termasi futbolchisi vaziyatni bo'rttirib yubordi.


Ashurmatovning vaziyatidagi penaltining bekor qilinishi:

- Juda qiziq vaziyat. UEFA va FIFA VARning vaziyatga aralashishi va qo'lning traktovkasi bo'yicha alohida yo'nalishga ega. Evropada bunday holatlarda katta ehtimol bilan penalti qo'yilgan bo'lardi. Lekin OFK hakamlik yo'nalishini asosan FIFAga qarab belgilaydi. Bu erda videoassistentlar bosh hakamning qaroriga qo'shilmagani uchun VAR ishga aralashdi. Qoidalarda qo'l nafaqat tabiiy turgan holatda, balki notabiiy holatda ham tana uzunligini oshirish mumkin deb yozilgan. Bunday holatda qo'l tabiiy holatda tana uzunligini oshirgan, yani, O'zbekiston termasi futbolchisining qadamiga ko'ra qo'li harakatlangan. SHu sababli uning qo'li elkasidan tepaga o'tib ketmagan va cho'zilmagan. Bunday holatda penaltini bekor qilish uchun asoslar etarlicha. Lekin Evropada VAR bunday holatda ishga aralashmasdi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика