Pellegrini: "Silva jamoa bilan shug'ullanyapti, ammo to'liq tiklangani yo'q"
07 noy 2015 12:43
Yangiliklar
Pellegrini: "Silva jamoa bilan shug'ullanyapti, ammo to'liq tiklangani yo'q"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini "Aston Villa"ga qarshi o'yindan oldin futbolchilar holati haqida so'zlab berdi.
"Klishi va Delf asosiy tarkibda o'ynashiga hali vaqt bor, ammo ular zaxira o'yinchilari safiga kiradi. Klishi turli joylarda o'ynay oladi, chunki Sabaleta jarohatlangan. Silva jamoa bilan shug'ullanyapti, ammo to'liq tiklangani yo'q. U o'tgan haftada o'rtoqlik o'yinida ishtirok etmoqchi edi, ammo o'zini 100% yaxshi his qilmadi. Ikki kunlik tanaffusdan so'ng hammasi yaxshi bo'ladi degan umiddaman.
Xalqaro tanaffusdan so'ng barcha futbolchilar safga qaytadi va yangi jarohatlar bo'lmaydi deb umid qilaman. 11 futbolchi bilan sovrin yutib bo'lmaydi" - deydi Pellegrini.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar