Pellegrini: "Mavsum oxirida De Bryuyneni qanchaga olganimizni eslashmaydi"

Aslanov Jasurbek
12 sen 2015, 16:41
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrinining fikricha, jamoa yangi futbolchisi Kevin De Bryuyne o'zining yaxshi o'yini bilan transfer qiymati haqida unutishga majbur qiladi.

"Avvaliga hamma uning narxi haqida gapiradi. Ammo jamoa va futbolchi nega bu xarid bo'lganini ko'rsatib qo'yadi. Futbol shunday narsaki, arzon futbolchilar yaxshi o'ynab, qimmatlarini o'yini chiqmay qolishi mumkin. Sterling bilan ishlashni boshlaganimda, u ikki-uch uchrashuvda o'zini ko'rsatdi. Oxir oqibat De Bryuynening narxini hech kim eslamaydi" - deydi Pellegrini.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com