Pellegrini: "Manchester Siti"ning o'yini inqirozda, nega bundayligini bilmayman
06 noy 2014 12:13
Yangiliklar


Pellegrini: "Manchester Siti"ning o'yini inqirozda, nega bundayligini bilmayman
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini CSKAdan uchralgan mag'lubiyat haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Hozir jamoamiz o'yini inqirozda va buning sababini topishimiz kerak. Muvaffaqiyatga erishadigan qobiliyatimizni qaytarish uchun xar kuni futbolchilar bilan suhbat uyushtiramiz. Nega bunday o'yin ko'rsatganimizni tushuntirish qiyin. Jamoa ilk daqiqalardan asabiylashdi va ko'p xatolarga yo'l qo'ydi. Biz CSKAga gol urish uchun imkon berdik.
Bir haftadan beri "Manchester Siti" o'z o'yinini topa olmayapti va men sababini bilmayman. Buni aniqlashtirish kerak" - deydi Pellegrini.

Fikrlar