Pellegrini: “Birinchi kundanoq men Gvardiolani taklif qilishlarini sezgandim”
22 noy 2018 20:24
Yangiliklar
Pellegrini: “Birinchi kundanoq men Gvardiolani taklif qilishlarini sezgandim”
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Manuel Plelegrini jamoadan nima sababdan ketganligi haqida gapirdi.
Ayni paytda “Vest Xem”ni boshqarayotgan 65 yoshli chililik mutaxassis “shaharliklar” bilan uch mavsum – 2013 yildan 2016 yilgacha hamkorlik qildi.
“Men jamoadan ketganimdan afsusda emasdim, chunki bu voqea sodir bo'lishini sezgandim. “Siti” bilan uch yillik shartnoma tuzgandim va uni oxirigacha bajardim.
Ushbu uch yil ichida jamoa o'sishga erishdi. Biz chempionatda g'olib chiqdik, ikki bor Liga kubogini qo'lga kiritdik. CHempionlar ligasida yarim finalga qadar etib bordik.
Men u erda barcha ishimni yakunladim. Jamoaga kelgan birinchi kunimdanoq ular Gvardiola bilan ishlash niyatida ekanliklarini sezgandim”, deydi Pellegrini.
Fikrlar