Pellegrini: "APL chempionligi uchun kurash qizg'in kechadi"
11 jan 2014 02:00
Yangiliklar


Pellegrini: "APL chempionligi uchun kurash qizg'in kechadi"
"Manchester Siti" ustozi Manuel Pellegrini Angliya premer ligasidagi chempionlik uchun 5-6ta klub imkoniyatni saqlab qolganini aytib o'tdi.
"Hozirgacha biz yaxshi o'ynab keldik, biroq endi mavsumning yarmi o'tdi. Mavsumni xuddi shu tarzda tugatish biz uchun muhim. Yaqin orada bir qator muhim o'yinlar o'tkazamiz. CHempionlik uchun kurash jiddiy tus olgan, bizga 4-5ta klub raqobatchilik qila oladi".

Fikrlar