Pele: "Barselona" va Argentina terma jamoasidagi Messi - bir-biriga o'xshamaydi"
10 apr 2015 12:14
Yangiliklar


Pele: "Barselona" va Argentina terma jamoasidagi Messi - bir-biriga o'xshamaydi"
Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele 11 iyundan 4 iyulgacha CHilida bo'lib o'tadigan Amerika Kubogidan kutayotganlari haqida so'zlab berdi.
"Bugungi kunda individual kuchli futbolchilar jamoalardan ham mashhurroq. Taxminimcha, Amerika Kubogi "Yulduzlar Kubogi"ga aylanadi. SHu o'rinda Messi haqida gapirsam. Lionelni "Barselona"da hamma yaxshi biladi va u ham atrofdagilardan xabardor va u buyuk futbolchi sifatida ko'rinadi. Ammo Argentina terma jamoasidagi Messi klubdagisiga o'xshamaydi. Argentina "Barselona" kabi bir butun jamoa emas. Bu gap Neymar va Braziliya terma jamoasiga ham tegishli" - deydi Pele.

Fikrlar