So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  9 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  5 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  10 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Pedru Moreyra: "Maqsadimiz futbol o'ynash, dominantlik qilish va vaziyatlarga ega bo'lish. "Paxtakor" har doim shunday o'yin namoyish etishi kerak" Yangiliklar

Pedru Moreyra: "Maqsadimiz futbol o'ynash, dominantlik qilish va vaziyatlarga ega bo'lish. "Paxtakor" har doim shunday o'yin namoyish etishi kerak"

Elit OCHL 8-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Sadd" (2:1) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Pedru Moreyra va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Brayan Riaskos o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Bugun jamoa chiroyli o'yin ko'rsatdi deb o'ylayman. "Al Sadd"ni engib o'ta oldik. Birinchi bo'lim to'liq nazoratimiz ostida o'tdi, nazarimda. Natijani yanada yaxshilashga intildik. O'tkazib yuborgan golimizni bartaraf eta olardik, bunday xatolarga yo'l qo'ymaslikka intilamiz. O'yindan oldingi matbuot anjumanida aytib o'tganimdek, futbolchilarimiz barcha vazifalarni yaxshi bajarishsa natija yaxshilanib boraveradi. Endi biz kuzatishimiz kerak bo'lgan bir nechta o'yinlar bor. O'sha uchrashuvlarning natijasini kutamiz.

Brayan Riaskos

- Bosh murabbiyimiz aytib o'tganidek, jamoa dastlabki daqiqalardanoq juda yaxshi o'yinga kirishdi. Biz bir hafta davomida yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va bugun barchasini maydonda namoyish etdik. Bugun gol urganimdan va g'alaba qozonganimizdan juda xursandman. Barcha jamoadoshlariga rahmat aytaman va ularni g'alaba bilan tabriklayman. Maqsadimiz muxlislarimizni xursand qilish.


- Bugun barcha yangi harid qilingan futbolchilar maydonga tushdi. Riaskos ikkita gol urishga ham ulgurdi. Yangi futbolchilar namoyish etgan o'yindan qoniqdingizmi?

- Birinchi kundanoq men xorijlik va mahalliy futbolchilar bilan qorishgan tarkibni tuzmoqchi edim. Men klub o'z safiga qo'shib olgan har bir futbolchini sinchkovlik bilan o'rganib chiqqanman va ularni jamoada ko'rishni istaganman. O'ylaymanki, bu yaxshi ish berdi. Mening fikrimcha, har bir futbolchi asosiy tarkib uchun kurashishi kerak. Oldimizda hali ko'p ishlar bor, o'z strategiyamizga ko'ra ishlashda davom etamiz. Har bir o'yinchining shaxsiy ustunliklarini bilamiz. Ushbu malumotlardan kelib chiqib, kuchli jamoa qurishimiz kerak bo'ladi.

Bugun biz kiritgan gollarda faqatgina bir nechta futbolchining emas, balki butun jamoaning hissasi bor. Biz kelajak haqida o'ylashimiz kerak. Futbol o'ynash, dominantlik qilish va vaziyatlarga ega bo'lish. Biz o'z darvozamizdan gol o'tkazib yuborganimizdan keyin ham tushkunlikka tushmadik. Barchasini nazorat qilib turgandik va o'z o'yinimizni namoyish etdik. Raqibga vaziyatga yaratishga bermadik. "Paxtakor" har doim shunday o'yin namoyish etishini istayman.




- Legioner yarim himoyachi Jonatan Lukka birinchi bo'limda yaxshi o'ynadi, ammo tanaffusdan futbolchi charchab qolgandek tuyuldi. Lukkani zaxiraga olish to'g'ri qaror bo'lar edi nazarimda, lekin Xolmatov zaxiraga olindi va uning o'rniga Lukka bilan o'xshashliklari ko'p bo'lgan Bo'riev maydonga tushirildi...

- Bu bosh murabbiyning vazifasi. Mutaxassis maydonda nimani kurayotgan bo'lsa shunga mos qaror qabul qiladi. Bosh murabbiyning vazifasi shu. Men har doim futbolchilarga o'zining eng yaxshi sifatlarini namoyish etishga maksimal imkoniyat beraman. Bugun barchasi tartibli bo'ldi. Sobirxo'jaevning chetlatishi ro'y berdi, xolos. Bo'riev o'yinga zo'r qo'shilib ketdi va tayanch yarim himoya poziciyasini yaxshi egalladi. Rejamiz bo'yicha barchasi shunday bo'lishi kerak. Men o'yinni shunday ko'rayotgandim. Bunday holatlarda o'yin faqatgina bir futbolchi emas, butun jamoaga bog'liq bo'ladi. Biz jamoaviy futbol namoyish etishimiz kerak.

- O'zbekistondagi dastlabki g'alabangiz bilan tabriklayman. O'zingiz avvalroq aytib o'tganingizdek "Paxtakor" birinchi bo'limda to'liq ustunlikka ega bo'ldi, lekin ikkinchi bo'limning 70-daqiqalaridan so'ng jamoa deyarli hujumga o'tmay qo'ydi va asosan to'pni saqlashga intildi. Turkiyadagi nazorat o'yinlarida yorqin o'yin namoyish etgan Bashar Resan, zaxiradan maydonga qo'shilganidan so'ng hujumga o'tish emas, to'pni o'zida saqlab qolish bilan band bo'ldi. Bu sizning personal ko'rsatmangiz edimi? Bahs yakuniga kamroq vaqt qolganda hujumlar soni kamayib ketishiga nima sabab bo'ldi?

- Biz butun o'yin davomida to'xtovsiz harakatlandik. "Al Sadd"ning darajasidan xabardorsizlar. Qatar chempionati hozirgi kunda ancha qizg'in pallada. "Al Sadd" mahalliy liga bahslari davomida to'pga ko'p egalik qiladigan jamoa hisoblanadi. Bugun raqibimiz futbolchilarni almashtirayotgan chog'ida, biz ularning o'zgarishlariga tayyor edik.

Bunday maydonda futbol o'ynash oson emas, ustiga ustak havo ancha sovuq edi. Biz imkon qadar raqibga to'pni bermaslikka harakat qildik. Bu bizning bor-yo'g'i ikkinchi o'yinimiz. Superliga hali boshlanmagani sababli futbolchilar hali o'zining eng yaxshi jismoniy holatida emas. Biz buni qanchalik ko'p istamaylik, bu hozircha ilojsiz. O'yin yakunlanib borayotganda bunday xatti-harakatlarimiz rejamizning bir qismi edi. Buni bekorga qilganimiz yo'q. Raqibni to'psiz qoldirishimiz kerak edi.

Brayan Riaskosga savol

- Brayan siz bugungi uchrashuvda ikkita gol urdingiz. Yaqinlashib kelayotgan mavsumda nechta gol urmoqchisiz? Aynan aniqroq raqamni aytib o'ta olasizmi?

- Ha, men bugun raqib darvozasini ikki marotaba ishg'ol qildim. Maqsadim ko'p gollar urish va jamoamga yordam berish.

- Aynan aniq raqamlarni ayta olasizmi? Masalan, 10ta gol yoki 15ta...

- Hozircha aniq nechta gol urishimni ayta olmayman(kuladi). Men imkon qadar maksimal foydali bo'lishga intilaman. Eng muhimi mehnat qilishimiz kerak va shunda barchasi o'xshaydi.

- Bunday maydonda o'ynash oson emas deb aytib o'tdingiz. Siz maydon holatini nazarda tutayotgandingizmi? "Paxtakor" Superliganing dastlabki o'yinlarini ham ushbu stadionda qabul qiladi. "JAR"dagi o'yinlar jamoangizning o'yin sifatiga tasir qilishi mumkinmi?

- Men Ukrainada uch yil davomida ishlaganman. Sovuq havoda ham, turli xil maydonlarda ham bo'lib ko'rdim. Maydon qanday holatda bo'lishidan qatiy nazar, biz o'z o'yinimizga etibor berishimiz kerak. Men ko'p maydonlarda bo'lganman, qaysidir yaxshiroq, ayrimlari esa yomon holatda. Bugun shuncha muxlis stadionga tashrif buyurdi va fan klub azolari mehnat qilishdi. Shunday muxlislar kelishda davom etaverishsa, "Paxtakor" har xil maydonda o'ynab keta oladi. Muxlislar bugun 12chi o'yinchi vazifasini o'tab berishdi. Barchaga rahmat. Olg'a, "Paxtakor"!




Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика