So’nggi yangiliklar

14:22Расман: "Андижон" икки легионер билан шартномани бекор қилди  0 14:00ПСЖ Чемпионлар лигаси бир мавсумида 148,4 миллион ишлаб топди. Нега бунча кўп?   1 13:23"Насаф" ўз футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  8 13:13"Крус Асул" - КОНКАКАФ Чемпионлар кубоги ғолиби  2 12:44Танаффусдаги тараддуд. "Шўртан" назорат учрашувида ғалаба қозонди  0 12:20Искандар Шойқулов: "Кўп очко йўқотдик. Умид қиламанки, тез орада ҳаммаси жойига тушади"  1 11:55Жалолиддин Машарипов: "Ҳаддан ташқари ортиқча мотивация ўйинга халақит бериши мумкин"  15 11:30Ҳамдан ибн Муборак БАА олдига Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатиш талабини қўйди  15 11:15Ўзбекистон миллий терма жамоаси кўтаринки кайфиятда БАА билан ўйинга тайёрланмоқда  3 10:50"Барселона" "Арсенал" футболчиси билан музокараларни бошлади  6 10:22ПСЖ яна бир талант учун курашга қўшилди  4 09:53Гарначо фаолиятини АПЛда давом эттиришга қарор қилди  4 09:24ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни ижарага бериш керак"  11 08:55Футзал. Бугун Ўзбекистон кубогининг финал учрашуви бўлиб ўтади  0 08:20УEФА клублар рейтингини янгилади  29

Pedru Moreyra: "Faqatgina ishlashda davom etishimiz kerak" Yangiliklar

Pedru Moreyra: "Faqatgina ishlashda davom etishimiz kerak"

Superliga 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Dinamo" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Pedru Moreyra o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz o'yinni juda yaxshi boshladik. O'yin davomida ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik va ustunlik qildik. O'tgan hafta yo'lga qo'ygan xatolarimizni ko'rib chiqqandik. To'g'rilashimiz kerak bo'lgan muammolar bor, ularni imkon qadar tezroq hal etishimiz kerak. Kichik xatolar sababli bugungi uchrashuvda mag'lub bo'ldik" - deya fikr bildirdi portugaliyalik mutaxassis o'yin haqida.

- "Paxtakor" OCHLda o'zidan kuchli bo'lgan jamoalarni himoyaviy o'yin va tezkor qarshi hujumlarga tayangan holda mag'lub etdi. "Paxtakor" ko'proq hujum qilishi va to'pga egalik qilishi kerak bo'lgan o'yinlarda esa jamoa mag'lub bo'ldi. Masalan, OKMK va "Dinamo" jamoangiz bilan to'qnash kelganda ko'proq himoyalanishdi. "Paxtakor" rostdan hujumkor o'yin namoyish etishda qiynalmoqdami?

- Superliga endi boshlandi. Bizni oldinda uzun yo'l kutib turibdi va biz barcha qiyinchiliklarga tayyor bo'lishimiz kerak. Xatolarimiz ustida ishlashimiz kerak. Hujumda ham tezroq harakat qilishimiz kerak. Imkoniyatlarimizdan yaxshiroq foydalanishimiz kerak. So'nggi ikki uchrashuvda raqiblarimiz tezkor qarshi hujumda o'tishdi. Biz esa shunday vaziyatlarga tayyor bo'lishimiz kerak. Biz o'yin yakuniga kelibgina hujumga zo'r berdik, aslida esa birinchi daqiqalardanoq shunday o'ynashimiz kerak edi.

- Jamoada bir nechta muammolar bor dedingiz. Ushbu muammolar futbolchilar murabbiyning g'oyasini tushunmayotganimdanmi yoki muammo futbolchilarning o'zidami?

- Men barcha futbolchilarga ishonaman. Biz faqatgina ishlashda davom etishimiz kerak. Mashg'ulotlarda bular ustida ishlashimiz kerak. Qaysi futbolchilar maydonga tushishi, mening shtabim bilan muhokamadan so'ng hal bo'ladi.

- "Paxtakor"ning uslubi doimiy hujum va qanot himoyachilarining yuqori poziciyada harakatlanishiga asoslangan. Uch markaziy himoyachi uslubini sinab ko'rish haqida o'ylab ko'rmadingizmi? Sababi, ikkinchi bo'limda jamoangiz ko'p hujum qilayotganida, "Dinamo" qarshi hujumlarda son jihatdan ustunlik qildi. Raqibning uchta hujumchisiga qarshi bor-yo'g'i ikkita markaziy himoyachi qolib ketdi. Shu holatlarni inobatga olgan holda, uchta markaziy himoyachi bilan o'ynab ko'rish haqida o'ylamadingizmi?

- Biz har doim raqib qanday uslub tanlashi haqida o'ylaymiz. Biz turli xil uslublarni sinab ko'ramiz. Biz o'yin boshida biroz boshqacharoq o'ynadik, keyinchalik esa uch markaziy himoyachi uslubiga o'tib oldik. So'nggi daqiqalarda esa hujumga ko'proq etibor qaratish uchun Jo'raqo'zievni maydonga tushirdik. Biz Antaliyada barcha taktik uslublarni ko'rib chiqqanmiz va kerakli vaziyatda taktikamizni o'zgartira olamiz.

- "Paxtakor" dastlabki ikki uchrashuvda mag'lub bo'ldi. Klubdagi kelajagingiz haqida nima deb o'ylaysiz? Bunday kutilmagan mag'lubiyatlardan so'ng rahbariyat sizni istefoga chiqarishi ham mumkin...

- Men faqatgina o'z ishim haqida o'ylashimiz kerak. O'zingiz ko'rdingiz bugun biz g'alaba qozonish uchun qo'limizdan kelgancha harakat qildik, ammo kichik detallar o'yin taqdirini hal etdi. O'z ambiciyalarimizga munosib bo'lishimiz kerak.



Reyting: -8   

Fikrlar

+3   
30 mar 07:21:05
ЖАХОНГИР Амомов
Энг катта хато сен шонли Пахтакорга мураббийни булганинг, канча тез жамоадан кетсанг шуниниг узи биз учун ютук булади.
+2   
30 mar 05:18:35
Н.Н.Н
Хамма узини кулидан келадиган ишни килсаде УЗОКДАГИ ОШДАН ЯКИНДАГИ ШУРВА ЯХШИДА эртага машалдан хам (айтишга тилим хам бормади) кулга киритсак Унда нима деркинсиз госпадинг.......
+1   
30 mar 08:48:13
mirabzal
Тринери канча тез хайдаб тахта уйинчилан ям тезрок жавобини бериш кере хамдамов абдуллаев сергеев собирхужаев журакузиев
+1   
30 mar 08:02:13
Кодир
Сенер Морера Машалгаям ютказангиз индамай кетинг жахл устида у бу деб гапириб куйдим омад кейинги уйинларда сизгаям Пахтакоргаям
   
30 mar 18:19:12
Кодир
Машал бн уйинга Педро аут максим кайт деган плакатга заказ бердим пахтакор мухлислари кулайдиганларинг борми е бир узими бир узим булсамам машалгаям ютказса стадионда кутараман плакатди
   
30 mar 12:27:36
Abdugaffar Abdullayev
Агар сан ўзингни мураббий деб ўйлаяткан бўлсанг катта хато қиласан тўртта ўйин битта тасодифий ғалаба учтта мағлубият бу сани савиянгдан дарак беради шундай шонли Пахтакор ни хор қиличпсан кет тезрлқ.
   
30 mar 12:25:40
Y@Go_6060
Ахад Каюмни акасими бу тренер
   
30 mar 12:25:09
Y@Go_6060
Ахад Каюмни акасими бу
   
30 mar 12:07:09
Уткир Набиев
Хамма фикрлар Бир жойидан чикияпти манам шуларга кушиламан . Бунака тренер бизни футболни йукка чикаради.Шацкихни Ола кетишига хам кушиламаиз.
   
30 mar 10:27:06
=JAGUAR=
Шацкихдан зўрға қутилган эдик эх аттанг)))))
   
30 mar 10:22:06
UzbekistanTeamFcc
Кечаги ўйинда Пахтакор вашше мусор ўйин қилди. Бунқанги ланж нотовон жамони энди кўришим.
   
30 mar 10:01:17
BXZ BXZ
Бу даражада секин имиллаб футбол у́йнаган Пахтакорни хеч эслолмадим тезлик умуман йу́к ку́п футболчилар тахта ва латта .
-2   
30 mar 08:04:27
Аскарбек Мухитдинов
Al Hilolni ob havo noqulay aytimda yutib olgan edi xamma murabbiy zur ekan degan fikrda edi. Odamzot judayam noshkur bularkan. Na sovuqqa,na issiqda chidaydi. Vaqt oliy hakam. Paxtakor inshaallox karvonda qushilib uz suzini aytadi. Paxtakorsiz chempionat qiziq emas.
-2   
30 mar 08:02:35
Аскарбек Мухитдинов
Al Hilolni havo sovuqlik b.n yutib olganda xamma murabbiy zur ekan degan fikrda edi. Odamzot judayam noshkur bularkan. Na sovuqqa,na issiqda chidaydi. Vaqt oliy hakam. Paxtakor inshaallox karvonda qushilib uz suzini aytadi. Paxtakorsiz chempionat qiziq emas.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика