So’nggi yangiliklar

00:50"Реал" - "Манчестер Сити". МАТНЛИ ТРАНСЛЯЦИЯ  123 00:41ЕЧЛ. "Боруссия" ва "Спортинг" жамоалари ўртасидаги жавоб баҳсида ҳисоб очилмади, дортмундликлар кейинги босқичга йўл олди  0 00:30АПЛ. "Ливерпуль" "Астон Вилла" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  6 00:17ЕЧЛ. ПСВ — "Ювентус" ва ПСЖ — "Брест" ўйинларининг таркиби маълум  0 00:12"Металлург" футбол академияси, металлурглар шаҳрида   0 23:16Расман: Бобир Абдихолиқов — "Сумқайит" ўйинчиси  3 22:17"Челси" ёзда Леауни ўз сафига қўшиб олишни режалаштирмоқда  4 21:09Ўртоқлик ўйини. "Насаф" Россия жамоаси билан дуранг ўйнади  16 20:27"Реал" собиқ ўйинчиси Варан Зинедин Зиданнинг қандай мураббийлигини айтди  6 19:48Фарҳод Нишонов: "Ўйин натижасидан кўнглим тўлмади, бу ўйинда ғалаба қозонишни мақсад қилгандик"  31 19:21Ўртоқлик ўйини. "Навбаҳор" Россия жамоаси билан дуранг ўйнади  2 18:46"Атлетик" сафида 560та ўйин ўтказган футболчи мавсум сўнггида фаолиятини якунлайди  12 18:20U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон Эронга мағлуб бўлди ва гуруҳда иккинчи ўринни эгаллади  122 18:16"Барселона" уч футболчисидан қутилмоқчи  16 17:52Тен Хаг ва унинг мураббийлар штаби истеъфоси МЮга 14,5 млн фунтга тушган  7

Pedru Moreyra "Al Sadd"ga qarshi kechadigan bahs oldidan nimalar dedi?(to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

Pedru Moreyra "Al Sadd"ga qarshi kechadigan bahs oldidan nimalar dedi?(to'liq matbuot anjumani)

"Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyra va himoyachi Umar Adhamzoda Elit Osiyo Chempionlar ligasi 8-turidan o'rin olgan "Al Sadd"ga qarshi o'yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumani tashkil etildi.

- Barchaga xayrli kun. Barchangizni ko'rib turganimdan xursandman. O'yin biz uchun juda muhim. Men ushbu jamoaga kelishimdan avval, Elit Osiyo Chempionlar ligasidagi ushbu ikkita bahs orqali jamoaning hozirgi holatini baholab olishimiz mumkin ekanligini bilardim. "Al Garafa"ga qarshi kechgan uchrashuvda yaxshiroq o'yin namoyish etishga harakat qildik, biroq natija biz uchun yomon bo'ldi. "Al Sadd" qarshi o'yinda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz, balki keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatlarimiz saqlanib qolgandir. "Al Sadd" Qatarning eng sovrindor va eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Jamoa juda ahil va futbolchilar maydonda bir-birini juda yaxshi tushunishadi. Raqibimiz asosan "dominant" futbolni xush ko'rishadi. Mahalliy chempionatda ham yaxshi natijalar qayd etishmoqda. OCHLda "Al Nassr"ga qarshi kechgan safar uchrashuvida ham jamoa juda yaxshi o'yin namoyish etgan. "Paxtakor"da bir oydan beri ishlayotgan bo'lsam, shu vaqt ichidagi barcha mehnatlarimizni ertangi bahsda namoyish etishga intilamiz.

Umar Adhamzoda

- O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, deb o'ylayman. Ertaga g'alaba qozonishga va muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Raqibni o'rganib chiqdik. "Al Sadd"ni bilamiz va ularga qarshi o'ynaganmiz.

- "Paxtakor"ning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari "Al Garafa"ga qarshi kechgan o'yindan so'ng keskin kamayib ketdi. Sizning fikringizcha, jamoa ertaga g'alaba qozona olsa, pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatlarini necha foiz bo'ladi?

- "Paxtakor"da har doim g'alaba qozonishga ishtiyoq bo'lishi kerak. Ushbu gapni futbolchilarga har doim takidlayman. Umar ham buni ko'p marotaba eshitgan, u har bir uchrashuvda o'ynab kelmoqda. O'zingiz bilsangiz kerak, joriy mavsum oson bo'lmaydi. Oldimizda "Al Sadd"ga qarshi o'yin va biz hozir faqatgina shu bahs haqida o'ylashimiz kerak. "Al Garafa"ga qarshi kechgan bahsdan farqli o'laroq, yanada yaxshiroq o'yin namoyish etib, g'alaba qozonishimiz kerak. Qatarda yo'qotgan ochkolarimizni ertangi bahsda qaytarib olishga harakat qilamiz. 

O'z ustimizda ishlashda davom etishimiz kerak, natijani hisobga olgan holda, albatta. Bizni oldinda chempionat bahslari ham kutib turibdi. So'nggi bir hafta davomida biz jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Futbolchilar ertaga maydonda barchasini ko'rsatib beradi degan umiddaman.

- "Paxtakor" transferlar oynasida yangi futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi. Hozirgi kunga qadar yig'ilgan tarkibdan qanchalik qoniqyapsiz? Masalan, asosan hujum chizig'iga ko'proq etibor qaratildi. Himoya chizig'i esa kuchaytirilmadi. Agar imkoniyatingiz bo'lganda yana qaysi poziciyalarni kuchaytirgan bo'lardingiz?

- Ayni paytdagi tarkibimiz shu. Ixtiyorimizda bor futbolchilardan foydalana olamiz. Meni ushbu jamoaga chaqirishganida, men "Paxtakor"ni tahlil qilib va klub tarixini o'rganib chiqqan edim. "Paxtakor" har doim g'alaba qozonishni maqsad qiladigan jamoa. Klub hech qachon quyi ligaga tushib ketmagan. Jamoada iqtidorli futbolchilar bor. Umuman olganda, O'zbekistonda iqtidorli futbolchilar juda ko'p. Asosan xorijlik futbolchilarni o'z safimizga qo'shib olganimiz, faqat ularni o'ynatamiz degani emas. Biz legionerlar va mahalliy futbolchilardan iborat ahil jamoa quramiz. Bunday tarkib yaxshi balansga ega bo'ladi. Bu kelajak uchun ham manfaatli bo'lishiga ishonaman.

- "Paxtakor" bunga qadar bor-yo'g'i bitta rasmiy uchrashuvda ishtirok etdi. Superliga esa mart oyida start oladi. Qatar "Yulduzlar Ligasi" esa o'zining eng qizg'in pallasida. "Paxtakor"da muntazam o'yin amaliyoti yo'qligi ertangi uchrashuv natijasiga qanchalik tasir qilishi mumkin? Jamoalar o'rtasidagi ushbu jihat qanchalik katta farq yaratishi mumkin?

- Bu jihat jamoalar o'rtasidagi farqni keltirib chiqarishi shubhasiz. Qatarda chempionat davom etmoqda. Eng muhimi, har bir futbolchi o'z vazifasini yaxshi bajarish. Umarga va jamoaga qanday imkoniyatlarimiz bor ekanligini ko'rsatib va tushuntirib berdik. Futbolchilar bundan xabardor. Niyatimiz raqibni mag'lub etish. Yana bir bor takrorlayman, so'nggi bir hafta davomida biz to'liq ushbu o'yinga tayyorgarlik ko'rdik. Umid qilamanki, futbolchilar ertaga maydonga "Paxtakor" qanday kuchga ega ekanligini namoyish ko'rsatib qo'yishadi.



Umar Adhamzodaga savol

- "Al Sadd" jamoasi va Qatar terma jamoasining etakchisi Akrom Afif Toshkentda kelmadi, biroq Qatar jamoasi yaqinda bir necha mavsum davomida "Zenit"da yorqin o'yinlar namoyish etgan braziliyalik futbolchi Klaudinoni sotib oldi. Klaudino Toshkentga kelgan va ertaga katta ehtimol bilan maydonga tushadi. Mening fikrimcha, Klaudinoning mahorati Akrom Afifnikidan past emas. Ertangi uchrashuvda "Paxtakor" himoyachilariga qanchalik qiyin bo'lishi mumkin? Shuningdek, mashg'ulotlarda Klaudinoni qanday xavfsizlantirish choralari ko'rib chiqildimi?

- Klaudinoga alohida tayyorgarlik ko'rmadik. Biz asosiy etiborimizni umumiy o'yin suratiga va jamoaviy o'yinga qaratdik. Siz aytib o'tgan braziliyalik futbolchidan tashqari boshqa kuchli futbolchilar va legionerlar ham bor. Biz o'z uyimizda uch ochkoni qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz. Ertaga qiziqarli o'yin bo'ladi.

- Ertaga "Paxtakor" "Al Sadd"ni mag'lub eta olishiga nima sabab bo'lishi mumkin? Masalan, sovuq ob-havo yoki "Paxtakor"ning g'alaba qozonishga bo'lgan ishtiyoqi...

- Har bir aytib o'tgan jihatlaringiz o'yinga o'z tasirini o'tkazadi. Agar biz ertangi uchrashuvda yaxshi ishtiyoq bilan maydonga tushsak, g'alaba qozona olishimizga ishonchim komil. "Al Sadd" tarkibida Afif, Klaudino va boshqa kuchli futbolchilar bor. Raqibimizda ham kamchiliklar kuzatilishi mumkin. Ular ham kimni asosiy tarkibda tushirish haqida bosh qotirmoqda. Biz bularning barchasiga tayyormiz. O'yin davomida raqibning yurishlaridan kelib chiqib, o'z o'yinimizni o'zgartirishimiz mumkin. Bunday o'yinlarda har bir faktor o'z tasirini o'tkazadi. Ushbu faktorlarning barchasini bir joyga jamlashimiz va g'alabaga bo'lgan ishtiyoqimizni namoyish etishimiz kerak. Bunga erisha olishimizga ishonaman.

Futbolchilar o'zini qanday namoyish etishayotganidan juda mamnunman. Muxlislarimiz ham ertangi o'yindan so'ng yaxshi kayfiyatda bo'lishadi degan umiddaman. Ertaga O'zbekistondagi dastlabki uchrashuvimni o'tkazaman. Dastlabki rasmiy o'yinim qanday o'tishi men uchun juda qiziq. Bu erdagi insonlarning o'z ishiga bo'lgan yondashuvi va samimiyligi menga yoqmoqda.


Reyting: +1   

Fikrlar

+4   
16 fev 16:14:23
Пахтакор бос
Омад тилийман!
+2   
16 fev 18:35:50
black wolfe
бу катар саудия эмират клублари хаммаси суньий тухумдек гап,куриниши тухум лекин маза матра йук.Турган битгани легионер 80 фоизи четдан келган легионерлар эвазига натижа.Бундан термалари кучсизланади шунга хам араблардан дунйода норм легионери йук.Бизда хархолда усиш бор йигитларимиз европага караб юришни бошлади.
+2   
16 fev 18:11:11
Abror-Ellikqal'a
Paxtakor qaytadan shakillanyapdi xozir natija qilishi juda qiyin
+1   
16 fev 19:17:14
Magnolia.uz
Arsenal_21_ foydalanuvchining fikriga javob berish
Muşuklar yana yutqassa kere
NEFR
+1   
16 fev 16:57:03
Abduvoris
Arsenal_21_ foydalanuvchining fikriga javob berish
Muşuklar yana yutqassa kere
Mazza qilasanmi
   
16 fev 19:35:04
Shahi
Ertaga hech bo'lmasa darvozaga zarba beringlar!!
-2   
16 fev 16:25:11
Arsenal_21_
Muşuklar yana yutqassa kere
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика