Pedro Manchini bilan suhbatdan so'ng "Inter"ga o'tishga rozi bo'ldi
10 apr 2015 11:12
Yangiliklar


Pedro Manchini bilan suhbatdan so'ng "Inter"ga o'tishga rozi bo'ldi
"Barselona" hujumchisi Pedro Rodriges keyingi mavsumda "Inter" sharafini himoya qiladi.
Xabarlarga ko'ra, Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Italiya grandi bosh murabbiyi Roberto Manchini bilan suhbatlashganidan so'ng ko'k-qoralar safiga o'tishga rozi bo'ldi.
Oldinroq "Inter" Pedroni Mateo Kovachichga almashtirmoqchi edi.
Pedro joriy mavsum davomida bir necha marta o'yin amaliyoti etishmayotganidan noligan. U Ispaniya chempionatining 27ta uchrashuvida ishtirok etgan, amm ularning faqat 12tasidagina o'yinni asosiy tarkibda boshlagan.

Fikrlar