Pedri terma jamoaga chaqirilmasligiga umid qilmoqda

Aslanov Jasurbek
25 avg 2021, 19:38
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri Luis Enrike uni Ispaniya terma jamoasining navbatdagi o'yinlari uchun chaqirmasligiga umid qilmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" ustozi Ronald Kuman Pedriga o'tgan hafta oxirida "Atletik"ga qarshi (1:1) o'yindan keyin ikki haftalik tatil bergandi.

Futbolchi o'tgan mavsumda Yevropa chempionati va Olimpiada o'yinlari bilan qo'shib hisoblaganda jami 73 ta o'yin o'tkazgan.

Sentyabr oyida Ispaniya terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichida uchta o'yin o'tkazadi. Luis Enrike shogirdlari Shvetsiya, Gruziya va Kosovo terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, saralash bosqichining uch o'yinidan so'ng Ispaniya terma jamoasi o'z guruhida 7 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RAC1