So’nggi yangiliklar

08:35"Челси" собиқ футболчиси Қатар клубига ўтишга яқин  1 08:07«Арсенал»нинг янги футболчиси Мерино қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  0 07:38Футзал. Бразилия футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  5 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  2 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  5 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  6 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  6 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  7 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8

"Paxtakor"ning yangi murabbiyi haqida nimalarni bilishimiz kerak? (FOTO) Yangiliklar

"Paxtakor"ning yangi murabbiyi haqida nimalarni bilishimiz kerak? (FOTO)

SHota Arveladze Gruziya futbolidagi yorqin yulduz, tirik afsona.


SHota Arveladze futbolchilik paytining eng gullagan davrini "Ayaks"da o'tkazgan.

Arveladze hujum chizig'ida harakat qilib, o'zi o'ynagan barcha jamoalar safida to'purarlik mahoratini ko'rsatgan.
Arveladze faoliyati davomida jami 315ta gol urgan.



SHota 1991-2008 yilga qadar futbolchilik faoliyatini davom ettirgan va 17 yillik faoliyati davomida muntazam optimal sport formasini saqlay olgan kam sonli forvardlardan biri bo'lgan.

"Martve"da faoliyatini boshlagan SHota Arveladze "Levante"da butsasini mixga ilgan.

Gollandiyada "Ayaks" hamda "AZ Aklmaar" jamoalari tarkibida to'p tepgan.


Futbolchilik faoliyatini yakunlagach SHota "AZ Alkmaar"da yordamchi murabbiy sifatida faoliyat ko'rsatgan.

SHota Arveladze "Az Alkmaar"da Lui van Gaal, Dik Advokat hamda Ronald Kuman singari mutaxassislar birga ishlagan va ulardan murabbiylik sir asrorlarini o'rgangan.

SHota Arveladze aka-uka Frank va Ronald de Burlar bilan qalin do'st sanaladi. SHuningdek, Lui van Gaal bilan ham SHota Arveladzening aloqalari ancha yaxshi.

2010 yilga kelib esa SHota Arveladze o'zining mustaqil murabbiylik ishini boshlaydi. Dastlabki qadamni Turkiya qo'yadi.
"Kayserispor" jamoasi boshqaruviga o'tgan SHota Arveladze 2 yil mobaynida ushbu klubda xizmat ko'rsatadi.


Keyinchalik esa Turkiyaning boshqa klubi "Kasimpasha"da ish boshlaydi. Bu jamoadagi faoliyati ancha qiziqarli kechadi.
"Kasimpasha"dagi 3 yillik faoliyatidan keyin Arveladzening jamoadan ketishi g'alati goldan keyin ruy beradi.


Turkiya chempionati doirasidagi "Kasimpasha" va "Konyaspor" jamoalari o'rtasidagi bellashuvda Rayan Babelning maydonda jarohat olib yotganini ko'rgan raqib futbolchilari harakatni to'xtatishadi. Bu orada esa "Kasimpasha" gol uradi. SHundan keyin SHota Arveladze jamoasiga gol o'tkazib yuborishni buyuradi. "Kasimpasha" futbolchilari Xasan Kabzega gol urish imkoniyatini taqdim etishadi. O'yin esa SHota Arveladze jamoasining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugaydi.

Kamtar Arveladze esa uchrashuvdan keyin shunday deydi: "Meni o'rnimda boshqa bir istalgan murabbiy bo'lganida ham shu ishni qilishni buyurardi".

Aynan ushbu uchrashuvdan keyin SHota Arveladze istefoga chiqariladi.


Gruziyada esa ushbu qilgan ishi uchun SHota Arveladze "Yil jentlmeni" sovrini bilan mukofotlanadi.

Turkiyadagi faoliyatidan keyin Arveladze Isroilga yo'l oladi.
"Makkabi" klubi esa o'tgan yili yosh "Ayaks"ni Evropa ligasi finaliga qadar etaklagan, yangi mavsumdan esa Dortmundning "Borussiya"da ish boshlaydigan Peter Boshni o'rniga SHota Arveladzeni olib keladi.

Arveladzening "Makkabi"dagi faoliyati ko'ngildagidek kechmaydi. Bazan chiroyli va yaxshi o'yin ko'rsatgan jamoaga barqarorlik etishmaydi. Klub xo'jayini Mitch Goldxar esa SHota Arveladzeni istefoga chiqaradi. "Makkabi" sport direktori Xordi Kroyf har qancha SHota Arveladzeni jamoaga olib qolishga urinmasin, ammo klub xo'jayini Goldxarning qarorini o'zgartirish Kroyfning qo'lidan kelmaydi.

SHota Arveladze murabbiy sifatida asta-sekin shakllanib bormoqda. Turkiyadagi faoliyati yaxshi kechgan. Umumiy olib qaralsa, SHota Arveladze evropa markalari bo'yicha o'rtacha darajagi murabbiy bo'lib shakllanib bormoqda. Muhimi, SHota Arveladze murabbiy sifatida yaxshigina maktab ko'rgan mutaxassis. SHota Arveladze murabbiy sifatida Gollandiya maktabida tahsil olgan.


Futbolchilik davrida sovrin yutishga o'rganib ko'nikib qolgan Arveladze murabbiylik faoliyatidagi dastlabki sovrinni O'zbekistonda qo'lga kiritadimi?


SHota Arveladzening jamoalari tajovuzkor, hujumkor uslubda o'ynaydi.
SHota Arveladze boshqargan jamoalar asosan 4-3-3 hamda 4-2-3-1 taktik sxemasida o'ynaydi.
Arveladzening xizmatlariga turli yillarda bir qator Rossiya hamda Ukraina jamoalari qiziqish bildirishgan. SHota Arveladzega talab ancha kuchli.

Arveladze narxi arzon bo'lmagan mutaxassis sanaladi. Uning yillik maoshi o'rtacha 1,5-2 million evroga teng baholanadi.

Arveladze murabbiy sifatida xalqaro maydonda, xususan Evropa ligasidagi ishtiroklari bilan ham tajriba to'plagan mutaxassis.
O'tgan mavsumda Evropa ligasida "Makkabi"ni boshqargan SHota Arveladzening jamoasi "Zenit"ni 3:0 hisobida yutib turgan holda yakunda 4:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
O'sha uchrashuvdan keyin Arveladze hakamlarning bazi qarorlaridan norozi bo'lganini ochiqchasiga takidlab o'tgan.


Gruziya futbol federaciyasi terma jamoadagi 11-raqamni umrbod SHota Arveladze nomiga qoldirgan

Ushbu ajoyib mutaxassis Oliy ligada ish boshlayotgani albatta kishini quvontiradi.
Ishonamizki, Arveladze "Paxtakor"ga, xususan o'zbek futboliga yangi ob-havo olib kira oladi.
Zamonaviy fikrlash, yangicha uslub, evropacha yondoshuv "Paxtakor"ga ko'p narsa berishidan umidvormiz. Bundan esa o'zbek futboli yutadi.
SHota bir joyda to'xtab qolgan "Paxtakor"ni qiyin palladan qay tariqa olib chiqib keta olarkin? Ko'ramiz, kuzatamiz.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика