So’nggi yangiliklar

13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  2 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  7 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  44 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  21 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11

"Paxtakor"ning tanishtiruv marosimidan reportaj FOTO (to'liq versiya) Yangiliklar

"Paxtakor"ning tanishtiruv marosimidan reportaj FOTO (to'liq versiya)

Bugun "Paxtakor" markaziy stadionida yangilayotgan "Paxtakor" klubi yangi rahbariyat, yangi bosh murabbiy va ilk harid qilingan futbolchini keng ommaga tanishtirib o'tdi.


SHuni alohida qayd etib o'tish joiz, "Paxtakor" klubi rahbariyati endilikda klubni yangi pog'onaga, yangi darajaga olib chiqishni bosh maqsad qilgan.

Matbuot anjumanlar zalida bo'lib o'tgan tantanali tanishtiruv marosimining ilk qismida dastlab yangi rahbariyat tanishtirildi.

Klub prezidenti: Bobur SHodiev.
Klub vice-prezidenti: Umid Ahmadjonov.
Bosh direktor: Dmitriy Adisman.


SHundan keyin esa jamoaning yangi bosh murabbiyi SHota Arveladze bilan rasman 1,5 yillik shartnoma imzolandi.


Keyinchalik esa CHernogoriya terma jamoasi himoyachisi hisoblangan Marko Simich bilan ham klub 2,5 yillik bitimga imzo chekdi.


"Paxtakor" klubi bosh direktori Dmitriy Adisman so'z olib, quyidagilarni gapirib o'tdi:
- Bugungi anjumanning asl qahramonlarimini ko'rib turibsizar. Ular endi mehmon emas, buyog'iga bu ikki inson "Paxtakor" klubi azolari bo'lishdi. Endilikda SHota Arveladze va Marko Simich bu erning mezbonlari qatorida. "Paxtakor" boy tarixga ega kuchli jamoa sanaladi. Kelajakda ham jamoamizning shonli tarixini tiklab, bu erda ajoyib futbolchilar o'ynashlarini, kuchli murabbiylar o'z ishlari bilan tarixga kirishlarini istaymiz. Jamoaning yangi tarixini yaratamiz.
SHota Arveladze faoliyati davomida jamoamizning tarixidan muqim o'rin olishiga tilakdoshmiz. Umid qilamizki, Arveladze o'z nomini klub tarixida zarxal xarflar bilan yozib qo'ya oladi.
Barcha biladi, Arveladze nafaqat evropaning, balki Sobiq Ittifoqning eng kuchli hujumchisi bo'lgan. Gruziya terma jamoasi tarixidagi eng kuchli hujumchi. Futbolchi sifatida buyuk o'tmishga ega Arveladze murabbiy sifatida ham yuksak salohiyatga ega ekanligini isbotladi. SHota Arveladze bir qator nomdor klublarda ishlagan. Uning kuchli jihatlari va imkoniyatlari inobatga olgan holda ushbu ajoyib mutaxassisni jamoamizga taklif etdik. Kelajakda SHota Arveladzedan "Paxtakor"dagi yosh mutaxassislar kerakli bilimlarni, taktik chizgilarni, evropa futboli metodlarini o'zlashtirishadi, degan umiddaman.
O'ylaymanki, SHota Arveladzening kelishi chempionatimizga ham naf keltiradi.

SHundan so'ng tadbir boshlovchisi, taniqli sharhlovchi Davron Fayziev so'zni Gruziya futbolining tirik afsonasi, tajribali mutaxassis SHota Arveladzega berdi.


SHota Arveladze: Birinchi navbatda menga bildirilgan ishonch uchun tashakkur bildiraman. SHanimga bildirilgan yoqimli so'zlar uchun ham katta rahmat.
Men bu erda bo'lib turganimdan baxtliman. Biz barchamiz "Paxtakor"ni qanday jamoa bo'lganini eslaymiz, bilamiz va doim yodimizda saqlaymiz. Bugundan boshlab barchamiz "Paxtakor"ni shonli tarixini qaytarishga, jamoa bayrog'ini yana ko'tarishga bor kuchimizni sarflaymiz.
Etibor va ishonch uchun yana bir bor hammaga rahmat aytaman.

- O'zbekistonda ish boshlashizga, "Paxtakor"ni tanlashizga nima to'rtki bo'ldi?
- Juda yaxshi savol. Birinchi navbatda klub rahbariyatining jiddiy taklifi va meni jamoaga olib kelishga bel bog'lagani meni bu erga kelishimga bosh omil bo'ldi. Ikkinchi tarafdan, klubning kelajakdagi rejalari, maqsadlari va ajoyib katta loyiha meni qiziqtirib qo'ydi. Men ham shaxsan ushbu loyihada ishtirokni etishni istadim va motivaciya kuchli bo'ldi. Biz "Paxtakor"ni nafaqat O'zbekistonda, balki Osiyodagi eng kuchli jamoaga aylantirishni maqsad qilganmiz. Sizlarni ishontirib aytaman, buning uchun juda katta ishlar amalga oshiriladi. Bundan havotir olmang.
Men taklifni qabul qilish uchun ko'p o'ylab o'tirganim yo'q. Klubning kelajakdagi katta istiqboli borligi ko'rinib turibdi. Yangi loyihada ishtirokni etishni chin yurakdan istadim va taklifni qabul qilishga 1-2 kun etarli bo'ldi.

Men taxminan 1 oy ilgari yurtingizda bo'lgandim va jamoa o'yinini ko'rib ketishga ham ulgurdim. O'shanda ketayotganimdayoq bu erga qaytib kelishimga ishongandim. SHundan keyin jamoaning bir qator o'yinlarini kuzatishga erishdim. Imkon qadar jamoani o'rganishga, kuzatishga harakat qildim.
Bizning o'zimizni ishlab chiqqan dasturimiz mavjud. Bu haqida erta-indin barcha boxabar bo'ladi. Eng muhimi, "Paxtakor" uchun sovrindor o'rinlarni birini egallash emas. "Paxtakor" uchun cho'qqi va maqsad yagona. Biz doim birinchi bo'lishni istaymiz.
Qisqa qilib aytganda, bizning dasturimizning asosiy mezoni shu. Yani doimo birinchi bo'lmoq.

Hozir "Paxtakor" qanday o'ynashi, o'yinda qanday o'zgarishlar bo'lishi haqida gapirishning vaqti emas. Bu borada ikkinchi davra boshlanganidan so'ng gaplashamiz. Jamoa muxlislari  o'shanda jamoamiz uslubi bilan yaqindan tanishib olishadi.
"Paxtakor" hujumkor, tajovuzkor o'yin uslubini qo'llaydi. Biz birinchi kundan boshlab futbolchilarga buni tushuntirishga harakat qilamiz.

Mening rejalarimdan klub akademiyasi bilan tanishishga ham o'rin olgan. Bu borada alohida shug'ullanamiz. SHuni aytib o'tmoqchimanki, klub prezidenti klubdagi barcha narsani o'zgartirmoqchi.
"Paxtakor" akademiyasi jahonning eng zo'rlaridan biri bo'lishiga intilamiz. Yangi akademiya eng so'nggi jihoz va texnologiyalar bilan taminlanadi. Biz kelajak haqida qayg'urishimiz kerak. Kelajakda faqat legionerlarga tayanib qolmasdan, mahalliy yoshlarga katta etibor qaratish klub  siyosatlaridan o'rin olgan.
Bizning rejalarimiz juda katta.
Yaqin 1,5 yil ichida akademiyada ham juda katta o'zgarishlar bo'ladi.

O'zbek futboli haqida avvaldan ko'p malumotga egaman, desam aldagan bo'laman. Ammo oxirgi haftalar mobaynida juda ko'plab malumotlar to'pladim, bu borada menga ko'maklashishdi. Hozirga kelib etarlicha malumotlar qo'limda. Bu erda yosh iqtidorli futbolchilar ko'pligiga guvoh bo'ldim. Asosiysi, futbolchilaringiz to'p bilan muomala qilishni bilishadi. Texnik jihatdan yaxshi ko'rsatkichga ega futbolchilar ko'p ekan. O'zbekistonda futbolni sevishadi. Muhimi shu.
Meni ishimga hech kim aralashmaydi. Aksincha, ko'mak kerak bo'lsa maksimal darajada yordamlashishadi.  Avvallari jamoada qanday vaziyat hukmron bo'lgan bilmadim, ammo meni ishimga hech kim aralashmaydi. Klub rahbariyati menga ishonadi va ular o'z yordamlarini ayashmasliklarini bilaman. Bu erda hamma professional va barcha o'z ishini biladi.

- Marko Simichni jamoaga taklif etish tashabbusi kimdan chiqdi? Klub rahbariyati o'zi istab olib keldimi yoki bu sizning xohishingiz bo'ldimi?
- Birinchi navbatda jamoada qaysi chiziqda muammo borligi bilan qiziqdim va shunga qarab futbolchi izladim. Men albatta dastlab Marko Simich bilan og'zaki kelishuvga erishdim. Keyin rahbariyat masalani hal etishdi. Albatta kimni olish yoki olmaslikni baribir rahbariyat hal etadi. Marko Simich jamoamizga kelib qo'shilganidan xursandmiz.
Klub prezidenti Bobur SHodiev super klub tuzishga vada bergan. SHunchaki kuchli jamoa emas, balki super klub! Bu boshqa-boshqa narsalar. "Paxtakor" tez orada super klubga aylanadi.


"Paxtakor"ning yangi azosi, CHernogoriya terma jamoasi himoyachisi ham o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Marko Simich: Men ham SHota Arveladzening bildirgan barcha fikrlariga qo'shilaman. Darhaqiqat "Paxtakor" O'zbekistonning bosh jamoasi sanaladi. Biz barchamiz birgalikda "Paxtakor"ni elit jamoalar qatoriga qaytarish uchun kurashamiz.



Bobur SHodiev:  Nega SHota Arveladze "Paxtakor"da, degan savolga javob bermoqchiman. Biz o'zbek futbolida yangilik olib kirishni istadik. Nafaqat jamoaning taktik yoki o'yin tashkillashtirishi tarafdan, balki umuman klub strategiyasi, yangicha tizim tomondan evropa futbolidan andoza olishni xohladik.
Yangi futbolchilar? Avvalo kimni jamoaga jalb etish va kimni o'ynatishni faqat va faqat murabbiy hal etadi. Yangi futbolchilar hali bo'ladi. Kimlar kelishini esa murabbiy va rahbariyat o'zaro kelishgan holda aniqlashadi.
Stadion haqida gapiradigan bo'lsam, hozirda biz yangi stadion qurish loyihasi ustida ish olib bormoqdamiz. Hukumat yordamida biz "Paxtakor"da yangi stadion barpo etamiz. Yaqin 6 oy ichida biz yangi stadion loyihasini taqdimotini o'tkazamiz. SHuningdek, klubning Qibraydagi qarorgohini rekonstrukciya qilamiz. Yangi stadion "Paxtakor" markaziy stadionining o'rnida quriladi.
Yangi futbolchilar haqida? Bizda hozirda bir qator futbolchilarning short-listi mavjud. Xususan legionerlar bo'yicha ham. Muzokaralar davom etmoqda. Aynan qaysi poziciya va kimlarni jalb etayotganimizni hozircha oshkor qilmaymiz. Yaqin haftalar ichida yangi futbolchilar haqida boxabar bo'lasiz.
Klubda moliyaviy tomondan hech qanday muammo yo'q. Klubning avvalgi barcha qarzdorliklari ham butkul uzildi.
Biz o'zimiz maqsad qilgan cho'qqiga chiqamiz va klubimiz eng yuqori darajada bo'ladi. Bunga sizlarni bemalol ishontira olaman.
Klubimizning bir qator homiy tashkilotlari bor. Ularning barchasi xususiy.

Jasur Abduraimovning kelajagi? Avvalo yakuniy qarorni Jasur ABduraimovning o'zi hal etadi. Klub rahbariyati va SHota Arveladze Jasur Abduraimovni klub tizimida ishlashini istamoqda. Buni chin yurakdan xohlaymiz. Birinchi navbatda Jasur Abduraimovga jamoani juda og'ir paytda yaxshi boshqargani va o'tish bosqichidan chiroyli chiqib ketgani uchun tashakkur bildiramiz. Umid qilamizki, Jasur Abduraimov jamoada qoladi. Biz barchamiz buni istaymiz va uni qolishga ko'ndiramiz


SHu bilan matbuot anjumani yakunlandi va yangi bosh murabbiy SHota Arveladze va yangi futbolchi Marko Simich stadionga, muxlislar bilan tanishtiruv marosimiga tushib ketishdi. U erda stadionga yig'ilgan minglab futbol ishqibozlariga koncert dasturi va bir qator sovg'alar taqdim etildi.



SHundan so'ng "Paxtakor" klubi rahbariyati tadbir qatnashchilari va mehmonlarga iftorlik dasturxonini yozishdi.

Ertaga tadbirning to'liq fotogalereyasi hamda video reportajini taqdim etamiz.

Video operator: Zoir Tursunboev

Fotograf: Tolibjon Qosimov

SHahboz Beg'amov tayyorladi.

Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика