So’nggi yangiliklar

02:29Бундеслига. "Бавария" иродали ғалаба қайд этди  2 02:10Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср" мағлуб бўлди  20 00:44"Челси" ёзда дарвозабонини сотмайди  0 00:15"Реал" жаримага тортилди  22 23:50"Барселона" футболчиси "Палмейрас"га ўтди  2 23:20Антони АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин бўлганини айтди  3 22:31Аббосбек Файзуллаев "Бавария" қизиқишлари доирасида!  26 22:18Лео Месси: "Парижда бахтли эмасдим"  12 21:41Моуринью "Галатасарой"ни судга берди  0 21:14Пеп Гвардиола: "Кевин де Брюйнедан ташқари 30 ёшдан ошган барчанинг қолишини истайман"  3 20:46АПЛ ҳаками бир ярим йилга Европа футболидан четлатилди  4 20:00Ўзбекистон кубоги финаллари тарихи. Қайси ўйинларда кимлар майдонга тушган?  2 19:48Шенсни яна 1 йил "Барселона"да қоладими?  1 19:24Ҳоланддан ноёб рекорд. Ундан олдин фақат Кейн бу ишни қила олган  0 18:58"Реал" ва "Интер" Ҳусановни сафига қўшиб олишни истаган. Фабрицио Романо тафсилотлар билан бўлишди  16

"Paxtakor"ning O'zbekiston Kubogida qayd etgan navbatdagi rekordlari Yangiliklar

"Paxtakor"ning O'zbekiston Kubogida qayd etgan navbatdagi rekordlari

13-marta O'zbekiston Kubogida zafar quchgan "SHerlar" bir qator rekordlarni yangilashdi.

"SHerlar" finallarda to'rtinchi marta yirik hisobda zafar quchgan birinchi klubga aylandi. Bundan avval 1993 yil "Navbahor" 3:0, 2002 yil "Neftchi" 6:3 va o'tgan yili AGMK 3:0 hisoblarida mag'lub etilgandi. Bu safar ham Olmaliq klubi shunday hisobda taslim qilindi.

"Paxtakor" o'z tarixida 8-bor oltin dublga erishdi. 2002-07 yillarda qatorasiga olti bor va 2019 yil jamoa ham chempionat, ham kubokda muvaffaqiyat qozongandi. Oltin dublga "Paxtakor"dan tashqari "Neftchi", "Do'stlik", "Bunyodkor" va "Lokomotiv" klublari ham erishgan.

SHota Arveladze "Paxtakor"ni boshqargan xorijlik murabbiylar orasida kubokni yutgan uchinchi mutaxassisga aylangan. Ungacha rossiyalik Sergey Butenko va turkmanistonlik Tachmurod Agamurodov kubokda zafar quchgandi. Arveladze kubokdagi g'alabalar bo'yicha Agamurodovga etib oldi. Dragan CHeran esa O'zbekiston Kubogi finallarida jami 5 gol urgan holda bu borada rekordchi sanalgan Anvar Soliev natijasini takrorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика