"Paxtakor"ning ikki futbolchisi "Turon"ga ijaraga beriladi
05 iyu 2023 18:42
Yangiliklar


"Paxtakor"ning ikki futbolchisi "Turon"ga ijaraga beriladi
"Paxtakor" ikkinchi davradan oldin ikki futbolchisini Yaypanning "Turon" klubiga ijaraga beradi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, O'zbekiston U-20 terma jamoasi azolari markaziy himoyachi Abubakir Ashurov va yarim himoyachi SHahzod Rahmatullaev ikkinchi davrani "Turon"da o'tkazishadi.
Ashurov ham, Rahmatullaev ham O'zbekistonda o'tgan U-20 Osiyo chempionatida chempion bo'lishgan va Argentinada o'tgan Jahon chempionatida ishtirok etishdi.
Malumot uchun, Abubakir Ashurov bu yil U-21 chempionatida 4ta o'yinda 1ta gol urdi. SHahzod Rahmatullaev esa 4ta o'yinda 3ta to'p kiritdi.
Abubakir Ashurov
SHahzod Rahmatullaev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar